Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Superliga taqvimi: Asosiy e’tibor dam olish kunlariga qaratildi

Superliga taqvimi: Asosiy e’tibor dam olish kunlariga qaratildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasidagi islohotlardan so‘ng ko‘p narsa o‘zgardi. Musobaqa o‘tkazish tizimi tubdan yangilandi, futbolchi va murabbiylarga, mutaxassislarga talablar kuchaytirildi. Bolalar va o‘smirlar, ayollar futboliga, futzal o‘yinlariga e’tibor yanada oshdi. Bularning bari birinchi navbatda muxlislar uchun, ularning madaniy dam olishlarini, futbolga bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirilayotganligi sir emas.

Bugun e’lon qilingan Superliga-2018 taqvimi ham bundan mustasno emas. Umidjon Ahmadjonov futbol tashkilotiga rahbar etib tayinlanganidan so‘ng, amaliy ishlarining dastlabkilaridan biri sifatida Superliga o‘yinlarini dam olish kunlariga, ishdan keyingi vaqtlarga belgilashni va’da qilgandi. Haqiqatdan ham yangi taqvimda o‘yinlar boshlanishi kunini belgilashda asosiy urg‘u juma, shanba va yakshanba kunlariga belgilashga qaratildi. E’tibor bering, Superliga jamoalari o‘rtasidagi chempionatning birinchi bosqichida 12ta jamoa ikki davraviy, 132ta uchrashuv o‘tkazadi. Shundan atigi 24tasi hafta boshiga (dushanbada 5ta, seshanbada 8ta va chorshanbada 11ta) to‘g‘ri kelyapti, qolgan 108ta o‘yin haftaning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Eng ko‘p uchrashuvlar esa shanbaga (38ta) belgilanganligi ham muxlislar taklif va istaklaridan kelib chiqilganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Kubogining 1/16 final, ya’ni 32ta o‘yini ham aynan yakshanba kunlariga belgilangan, qolgan bosqichlardagi bahslarning aksariyati ham haftaning oxirgi kunlarida o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Hozirgi taqvimdan kelib chiqib, ayrim uchrashuvlarning dushanba va seshanba kunlariga belgilanganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joiz, 12ta klub ishtirok etadigan va yangicha formatda o‘tadigan o‘yinlarni faqat dam olish kunlarining o‘ziga belgilash ham amaliy, ham nazariy va ham jismoniy jihatdan to‘g‘ri kelmaydi.

Qolaversa, mavsum davomida O‘zbekistonning ikki klubining OCHL uchrashuvlarida ishtirok etishi, milliy terma jamoaning FIFA kunlari tashkil etadigan rasmiy va norasmiy o‘rtoqlik uchrashuvlari bois, mavsum davomida ayrim uchrashuvlari dushanba va seshanba kunlariga to‘g‘ri kelishi tabiiy hol. Qolaversa, tig‘iz taqvim tufayli futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilab borish kabi muhim masalalar taqvim tuzish jarayonida mutaxassislar tomonidan hisobga olingan.

Eng muhimi, milliy chempionatimizning asosiy davomiyligi yoz oylariga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, o‘yinlarni 18.00dan oldin boshlamaslik haqidagi band Reglamentga kiritildi. Bundan keyin Superliga o‘yinlari  kechki 18.00dan oldin boshlanmasligi belgilab qo‘yildi.

Demak, bu yildan e’tiboran muxlislar maydonda kuchli, raqobatbardosh jamoalarning o‘yinlarini o‘zlari uchun qulay bo‘lgan kunda va soatda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:55, 15.02.2018.
O'qildi: 4634 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.