Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Paxtakor» BAAdagi 3-kunini g‘alaba bilan yakunladi

«Paxtakor» BAAdagi 3-kunini g‘alaba bilan yakunladi

Baho:
+ | -

Dubaydagi yig‘inning uchinchi kunida "sherlar" birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

Raqib BAA yuqori ligasida ishtirok etuvchi "Al-Dafra" klubi bo‘ldi. Ushbu jamoaga yanvar oyidan Igor Sergeev qo‘shilgandi. Igor dastlabki daqiqalardan jamoamizga qarshi bellashuvda maydonga tushirildi.

"Jebel Ali" sport majmuasida o‘tkazilgan o‘yin mahalliy vaqt bilan 16:00da boshlanadi. Shota Arveladze dastlabki uchrashuvda 11 nafar futbolchini almashtirmasdan o‘ynatishga qaror qildi. Bellashuv "Paxtakor"ning sezilarli ustunligi ostida kechdi. Griffits va Ahmedovning zarbalariga ozroq aniqlik yetishmadi. 28-daqiqada Sayfiyev chap qanotdan boshlagan hujumni davom ettirgan jamoamiz hisobni ochdi. Griffits yakuniy zarbani aniq berdi - 1:0. Bir necha daqiqadan keyin Abdurahimovning urinishi samarasiz chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunligimiz sezilib turdi. 80-daqiqada Abdurahimovning bir raqibni aldab o‘tib oshirgan to‘pini Gonsalvesh yaqin masofadan darvozaga yo‘lladi va hisobni 2:0ga yetkazdi. Ushbu natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.

"PAXTAKOR" - "AL-DAFRA" - 2:0 (1:0)

17 fevral. Dubay. "Jebel Ali" maydoni.

"Paxtakor": Suyunov, Sayfiyev, A’zamov, Tojiyev, Shorahmedov, Griffits, Ahmedov, Masharipov, Abdurahimov, Bezerra, Gonsalvesh.

Gollar: Griffits 28, Gonsalvesh 80.

Maydonga tushirilgan futbolchilar maxsus jismoniy test topshirishdi. O‘yinchilarning jismoniy holatini yuqori darajaga chiqarish uchun shunday mashqlar tanadagi o‘zgarishlarni nazorat qiluvchi maxsus apparatlar yordamida bajarilmoqda.

Kun yakunida 17 fevral kuni tug‘ilgan kunini nishonlagan Tiago Bezerra va Dilshod Rahmatullayev jamoa tomonidan tabriklandi. Shunday qilib, "Paxtakor"ning BAAdagi uchinchi kuni yakunlandi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:57, 18.02.2018.
O'qildi: 3557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик