Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Portlash effekti»ni yuzaga keltirganlar ramziy terma jamoasi (fotogalereya)

«Portlash effekti»ni yuzaga keltirganlar ramziy terma jamoasi (fotogalereya)

Baho:
+ | -1

Quyidagi ramziy jamoa yuzasidan ortiqcha savol chiqmasligi uchun darhol aniqlashtirib ketamiz, u 2ta kriteriya bo‘yicha shakllantirilgan.

1). Ramziy jamoaga 2017 yil oxirida 23 yoshdan oshmagan futbolchilar (1996 yil yoki keyin tug‘ilganlar)gina kiritilgan.

2). 2017 yil boshida keng jamoatchilik uchun notanish bo‘lgan futbolchilargagina e’tibor qaratilgan.

Oddiy aytganda, gap o‘tgan yili kuchli «portlash effekti»ni yuzaga keltirgan kashfiyotlar haqida ketmoqda.

Shu bois, katta sahnaga oldinroq ko‘tarilgan Janluiji Donnarumma, Dele Alli va Marko Asensio kabi yigitlar chetda qolishgan.

Darvozabon - Andre ONANA

Kamerunlik golkiper «Ayaks»ning YEL finaliga chiqishiga katta hissa qo‘shdi. Vaholanki, Amsterdam jamoasi himoyasi uncha ishonchli emasdi.

Shunga qaramay, «Ayaks» Eredivizion doirasidagi o‘yinlarning yarmida o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldiki, bunda ham Onananing xizmatlari beqiyos.

Himoyachi - Rayan SESSENYON

Ramziy jamoaning orqa chizig‘i to‘laligicha Angliya klublari futbolchilaridan tuzildi. Sessenyon esa quyi liga (chempionship)ning yagona vakilidir.

Yigitcha 16 yoshida binoyidek raqobat shakllangan ligada munosib debyut qilib, Garet Beylni eslatdi. Qanot himoyasida to‘p suruvchi Sessenyon hujumga qo‘shilishni xush ko‘radi va hattoki, o‘yinlardan birida «xet-trik»ka erishdi!

Himoyachi - Andreas KRISTENSEN

Daniyalik futbolchi «Chelsi» safiga qo‘shilganida, «aristokratlar»ning o‘sha vaqtdagi yetakchilaridan biri David Luiz unga yorqin kelajakni bashorat qilgandi: «Andreas hali dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisiga aylanadi».

Mana, Kristensen shundan buyon asosiy tarkibda, braziliyalik esa... Qolaversa, yigitcha Daniya milliy jamoasi uchun xuddi Kristian Eriksen kabi muhim o‘yinchiga aylanib ulgurdi.

Himoyachi - Davinson SANCHES

O‘tgan yili21 yoshini qarshilagan kolumbiyalik himoyachi bir urinishda «Ayaks» sxemasiga moslashdi va darhol grand klublar e’tiborini qozondi.

«Tottenxem»ning istiqbolli futbolchiga 40 million yevro to‘lagani ko‘p narsadan dalolat. Muhimi, Piter Bosh kashfiyotlaridan biri APLda ham yo‘qolib qolgani yo‘q.

Himoyachi - Trent ALEKSANDR-ARNOLD

Yurgen Klopp yoshlar bilan ishlashni xush ko‘radi va Trentni shu «muhabbat» samarasi sifatida ko‘rsatish mumkin. Germaniyalik mutaxassis «Liverpul»da ham xuddi «Borussiya»da bo‘lgani kabi mahalliy tarbiyalanuvchilarga katta e’tibor qarata boshladi.

Xullas, Aleksandr-Arnold - Kloppning boshlang‘ich tarkibiga munosib ekanligini isbotlagan birinchi tarbiyalanuvchi. Ingliz yigiti Natan Klaynni shunchaki, unutishga majbur qildi va endi terma jamoada Kayl Uokerga raqobat taqdim etsa, ajabmas.

Yarim himoyachi – ARTUR

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:55, 18.02.2018.
O'qildi: 21241 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.