Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi uchrashuvda (4:3) muddatidan avval almashtirilganidan norozi bo‘ldi.
«Qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo 26 yoshli braziliyalik futbolchini 59-daqiqada, jamoasi 1:3 hisobida ortda borayotgan paytda zaxiraga oldi.
Uchrashuvning 51-daqiqasida Vinisius o‘z maydoni yarmida to‘pni tovoni bilan jamoadoshiga uzatishga uringan edi. Biroq rimliklar to‘pni egallab olib, hujumni gol bilan yakunladi va hisobda oldinga chiqdi.
Maydonni tark etganidan so‘ng Vinisius ikki qo‘lini yon tomonga yoygan holda noroziligini namoyish etib, zaxira o‘rindig‘i tomon yo‘l oldi. Shuningdek, u murabbiylar shtabi a’zolaridan biriga nimadir dedi.

Jurnalist Xose Padilyaning ta’kidlashicha, braziliyalik futbolchi o‘sha vaziyatda Mourinyuning qaroridan norozi bo‘lib, quyidagi savolni bergan:
«Nega u meni almashtiryapti?»
Qayd etish joiz, Vinisius joriy mavsumda «Real» safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i bitta gol urgan. Ushbu gol avgust oyida qayd etilgan.













