Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

«Manchester Yunayted» Kerrik o‘rniga bosh murabbiylikka asosiy nomzodni tanladi

«Manchester Yunayted» Kerrik o‘rniga bosh murabbiylikka asosiy nomzodni tanladi

Baho:
+ | -

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Hyurseler Maykl Kerrik iste’foga chiqarilgan taqdirda «Manchester Yunayted»ni boshqarish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati mavsumdagi natijalarga qaramay, hozircha Kerrikka ishonch bildirmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida o‘tkazilgan to‘qqizta uchrashuvning ikkitasida g‘alaba qozongan va to‘rt marta mag‘lub bo‘lgan. Shunga qaramay, murabbiy bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish ehtimoli ham saqlanib qolmoqda.

Hyurseler 2024 yildan buyon «Brayton»ni boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi Kerrik qo‘l ostidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi oltita uchrashuvning to‘rttasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, mutaxassis «Brayton» bilan Angliya Premyer-ligasida ketma-ket ikki mavsumni sakkizinchi o‘rinda yakunlagan.

Joriy yil iyun oyida Hyurseler «Brayton» bilan shartnomasini uch yilga uzaytirgan. Shu sababli uning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi uchun tovon puli to‘lanishi talab etiladi. Klub egasi Toni Blum esa murabbiy bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiylik lavozimi uchun boshqa nomzodlar qatorida Andoni Iraola («Liverpul»), Oliver Glasner («Nottingem Forest») va «Napoli»dagi faoliyatidan keyin hozirda klubsiz bo‘lgan Antonio Konte ham tilga olingan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:49, 14.10.2026.
O'qildi: 2729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик