Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Xalq bankining eng yaxshi logotipi uchun pul mukofoti!

Xalq bankining eng yaxshi logotipi uchun pul mukofoti!

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki yangi logotip yaratish uchun tanlov e’lon qiladi:
http://uznews.uz/upload/cache/db/f8/dbf87fd5b4c80eb7fb9c2cc96e6a3eb1.jpgTanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan birga jismoniy shaxslar ham (frilanserlar, talabalar va h.z.) ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:
1. Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi sayt orqali tanishib chiqing: www.xb.uz.
2. Yangi logotipning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va g‘oyasini ta’riflang.
3. Grafik fayl va ta’rif matnini, shuningdek muloqot uchun ma’lumotlarni quyidagi elektron pochtaga: marketing@xb.uz; yoki quyidagi manzilga jo‘nating:
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 3
Telefon orqali ma’lumotlar: (+99871) 120-17-49.
Muloqot qiluvchi: Temirov Bexruz.
Barcha ishlar bank rahbariyati vakillaridan tashkil topgan tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Logotipning eskizlarini baholashda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi:
- yechimning ifodaliligi;
- tanlov mavzusiga mosligi;
- mavzuni ochib berish chuqurligi;
- ijodiy yondashuv;
- o‘ziga xoslik;
- logotip ko‘rinishining kreativliligi va yangiligi (yangi logotip amaldagisiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak).
Komissiya eng yaxshi ishlarni tanlab, final ishtirokchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazadi. Final ishtirokchilarining ishlari, tanlov natijalari va tanlovning yakuniy g‘olibi banking rasmiiy saytida e’lon qilinadi: http://www.xb.uz.
Mukofot fondi: 15 000 000 so‘m.
Tanlovga taqdim qilinadigan materiallar 2018 yilning 9 martigacha qabul qilinadi. Tanlov natijalar 2018 yil 25 martgacha e’lon qilinadi.

 


Ijodiy tanlov ishtirokchilari ishlariga talablar va shartlar:

Ishini joylashtirgan Ijodiy tanlov ishtirokchisi Ish bo‘yicha mutlaq huquq egasi bo‘lishi lozim;
Tanlovga taqdim etiladigan bitta faylning o‘lchami 0.5 dan 3 Mb gacha, formati - (jpeg, png, PDF) bo‘lishi lozim.
Tasvirlar amaldagi qonunchilikka xilof bo‘lmasligi kerak.
Iltimos, mualliflik huquqini yodda tuting! Logotipni yaratishda foydalanilgan barcha jihatlar faqat Sizga tegishli bo‘lishi shart (logotipda biron bir logotiplarning qismlari yoki boshqa kompaniyalarga tegishli logotiplar yoki dizayning elementlari yoki qismlari bo‘lmasligi kerak).

Ishtirokchilar quyidagilardan foydalanish taqiqlanadi:

• mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materiallar, shu jumladan, har qanday ochiq yoki yopiq manbalardan, shu jumladan, internetdan olingan materiallar;
• mashhur kishilar - taniqli musiqachilar, yozuvchilar, sportchilar, boshlovchilar, fotosuratlari yoki tasvirlari, hayoliy personajlar (multfilm qahramonlari va h.z.), kinofilmlar, multfilmlardan kadrlar, kitoblarga illyustrasiyalar;
• reklama materiallari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, kompaniyalarning ramzlari va nomlari (Bank va Bank tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar brendlarini istisno qilganda), shuningdek ro‘yxatga olingan tovar belgilari mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish belgilar, shu jumladan, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilariga ega avtomobillar va boshqa texnika);
• O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga xilof bo‘lmagan materiallar.

Materiallarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
- dizaynerning FIO, yoshi, muloqot uchun ma’lumotlari (telefon, e-mail)


Tanlovning mukofot fondi: 15 000 000 so‘m.
G‘oliblar soni – bir kishi. G‘olib bilan shartnoma tuziladi va ishchi formatdagi maketlar taqdim qilinganidan so‘ng gonorar to‘lanadi.
G‘olib maketlardan foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqni O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga beradi.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:43, 26.02.2018.
O'qildi: 3930 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.