Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Yil afsusi — “Real Madrid” Modrichning o‘rnini to‘ldira olmadi

Yil afsusi — “Real Madrid” Modrichning o‘rnini to‘ldira olmadi

Baho:
+1 | -

Madridning “Real” klubi joriy mavsumda yarim himoyadagi muammolardan aziyat chekmoqda. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, jamoa ichida Luka Modrich bilan xayrlashish qarori xato bo‘lgani haqidagi fikrlar tobora kuchaymoqda.

Xabi Alonso boshqaruvidagi “Real Madrid” hozircha o‘yinni to‘liq nazorat qila olmayapti. Jamoa to‘pni ushlab turish, hujumlarni izchil tashkil etish va o‘yin ritmini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu kamchiliklar, ayniqsa, yarim himoyada yaqqol sezilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, “qirollik klubi” hozirda individual mahoratga, xususan, Kilian Mbappening o‘yiniga ortiqcha tayanib qolgan. Fransiyalik hujumchi muhim gollar bilan jamoani qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, bunday model uzoq muddatda barqaror yechim sifatida baholanmayapti. Mbappe maydonga tushmagan uchrashuvlarda esa jamoa aniq o‘yin rejasisiz qolmoqda.

Shu bilan birga, “Real Madrid” himoyada ham muammolarga duch kelmoqda. Chiziqlar o‘rtasidagi muvozanatning yetishmasligi sababli himoya tez-tez ochiq qolmoqda. Bu holat markaziy yarim himoyachilar na himoyaviy, na hujumkor funksiyalarni to‘liq bajara olayotgani bilan izohlanmoqda.

Bu paytda yozda klubni tark etgan Luka Modrich “Milan” safida muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazmoqda. Xorvatiyalik yarim himoyachining “San-Siro”dagi o‘yinlari Italiya klubining A Seriyada yetakchi o‘rinlar uchun kurashida muhim rol o‘ynamoqda. “Milan” hozirda peshqadamdan atigi bir ochko ortda bormoqda.

Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati va muxlislar orasida Modrich bilan shartnomani uzaytirmaslik qarori shoshma-shosharlik bilan qabul qilingani haqidagi fikrlar kuchayib bormoqda. “Real” tarkibni yoshartirish va yarim himoyani yangi futbolchilarga topshirishni rejalashtirgan edi, biroq hozircha hech kim xorvatiyalik futbolchi bajargan rolni to‘liq uddalay olmadi.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Modrich joriy mavsumda “Milan” safida barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Hozirda uning transfer qiymati 4 million yevroga baholanmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:22, 30.12.2025.
O'qildi: 2096 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.