Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Boks federasiyasi «Uzbek Tigers» janglarining Toshkentga ko‘chirilishi yuzasidan izoh berdi

Boks federasiyasi «Uzbek Tigers» janglarining Toshkentga ko‘chirilishi yuzasidan izoh berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

«Uzbek Tigers» jamoasi bokschilarining Termiz shahrida o‘tishi rejalashtirilgan WSB tasnifidagi janglari poytaxt Toshkentga ko‘chirilgach, ayrim nashrlar bunga o‘z munosabatini bildirdi. Mazkur holatni inobatga olgan O‘zbekiston boks federasiyasi vaziyatga izoh berishga qaror qildi», deb yozmoqda Boks federasiyasi.

Xabarda aytilishicha, «Cuba Domadores» jamoasiga qarshi bu safargi jang Termiz shahriga taqdim etilgandi. Biroq yaqindagina Toshkentga tashrif buyurgan AIBA vakillari Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashuvda bo‘lib, WSB obro‘sini ko‘tarish masalasida o‘zaro hamkorlik qilishni so‘radi. Bunda teletranslyasiya masalasi katta o‘rin tutishi, shuningdek, ring va uning atrofidagi holatning talab darajasida bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuvdan keyin boks federasiyasi MOQ bilan o‘zaro maslahatlashib, «Cuba Domadores» hamda «Colombia Heroicos» klublariga qarshi ikki kun oralig‘ida o‘tadigan janglarni Toshkentga ko‘chirishga qaror qildi. Bunda birinchi navbatda teletranslyasiya masalasi va uning sifati hisobga olindi. Shuningdek, biz bilan iliq munosabatlarni yo‘lga qo‘yayotgan AIBA vakillarida yaxshi taassurot qoldirgan va sharoitlari qoniqarli bo‘lgan «Universal» sport majmuasi variantida to‘xtalindi.

Termiz uchun va’da qilingan janglar esa 6—7 aprel sanalariga rejalashtirilmoqda. Shu kuni WSB guruh bosqichining 4-turi doirasida Venesuela bokschilari «Uzbek Tigers» klubiga qarshi ringga chiqadi. AIBA taklifi bo‘yicha, Termizdagi boks kechasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘riladi. Teletranslyasiya va tashkilotchilik yuqori saviyada bo‘lishi uchun biroz vaqt kerakligi inobatga olinib, federasiya boks kechasining sanasini o‘zgartirdi, manzil esa saqlab qolindi.

O‘z navbatida MOQ rahbariyati ham nafaqat viloyatlardagi boks muxlislarini xushnud etish, balki O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni va mamlakatda sportga bo‘layotgan e’tiborni munosib tarzda namoyish qila olish talabini qo‘ygan. Unga ko‘ra, Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov kabi mashhur bokschilarning viloyatlarda jang o‘tkazish an’anasi saqlab qolinadi. Biroq hamma narsa puxta reja va yuqori tashkilotchilik asosiga qurilishi kerak bo‘ladi.

«Cuba Domadores» hamda «Colombia Heroicos» klublariga qarshi janglar 27 fevral va 1 mart sanalarida o‘tadi. MOQ taklifi bilan boks oqshomiga Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolleji, 100-sonli polimilit tayanch harakati buzilgan bolalar internati hamda 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashrif buyuradi. Ularni «Universal» sport saroyiga olib kelish uchun maxsus avtobuslar yuboriladi.

O‘z navbatida keyinchalik ham viloyatlarda o‘tadigan janglarni tomosha qilish uchun yuqoridagi kabi imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z bag‘riga olgan maskanlarda sharoit bo‘ladi. «Uzbek Tigers» jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, chorak finalga yo‘l olsa, Samarqand va Termizdan keyin, qolgan mashhur shaharlar ham boks kechalariga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.

 

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 11:04, 26.02.2018.
O'qildi: 6692 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик