Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu: «Metallurg» – «Navbahor»

Prevyu: «Metallurg» – «Navbahor»

Baho:
+ | -
2018 yilgi mamlakat milliy chempionatini "Metallurg" o‘z uyida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida 40 marta to‘qnash kelishgan.   Bugungacha ortda qolgan o‘yinlarning 11 tasida hamshaharlarimiz g‘alaba qozonishgan. O‘nta o‘yinda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, 19 o‘yin namanganliklarning yutug‘i bilan yakunlangan.   Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farq raqiblarimiz foydasiga – 45-62.   Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklaridagi eng yirik hisob 2003 yili qayd etilgan.   O‘shanda jamoa «Navbahor»ga  0:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bu bekobodliklarning oliy liga bahslaridagi ham eng yirik mag‘lubiyati hisoblanadi.   O‘tgan mavsum oxirida “Metallurg” “Navbahor”ni 5:1 hisobida dog‘da qoldirib, bu jamoalar to‘qnashuvidagi yirik g‘alabasini rasmiylashtirdi. Ungacha bekobodliklar “Navbahor”ni muqaddam uchta to‘p farqi bilan yutgandi.   Navbahorchilardan mazkur to‘qnashuvlarda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan futbolchi Shuhrat Mirxoldirshoyev sanaladi. U bekobodliklar darvozasiga 12 ta to‘p kiritgan. “Metallurg” jamoasidan esa Zohid Abdullayev raqiblari darvozasini 7 marta ishg‘ol etgan.   Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvi: 2017   “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0 2016   “Metallurg” – “Navbahor” – 5:1 2015   “Metallurg” – “Navbahor” – 2:3 2014   “Metallurg” – “Navbahor” – 2:0 2013   “Metallurg” – “Navbahor” – 2:1
Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 20:42, 03.03.2018.
O'qildi: 2609 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик