Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Lokomotiv» va Elmakon o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

«Lokomotiv» va Elmakon o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Baho:
+ | -

Har jabhada professionallik sari intilayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bundan buyon Elmakon zamonaviy texnika va elektronika do‘konlari tarmog‘i bilan yaqindan hamkorlik qiladi.  

Bugun "Lokomotiv" stadioni matbuot anjumanlari zalida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unda "Lokomotiv" PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov, Elmakon do‘konlar tarmog‘i rahbari Jahongir Abdullayev va rivojlanish ishlari bo‘yicha direktori Baxtiyor Qosimov, shuningdek bir qator OAV vakillari ishtirok etishdi.  Tadbirda har ikki tomon vakillari ham ushbu hamkorlikning o‘zaro manfaatli ekanini ta’kidlashdi.  

"Lokomotiv" PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov Elmakon bilan hamkorlik "Lokomotiv" jamoasi o‘yinlari targ‘ibotini yanada kuchaytirish hamda klub brendini yanada kengroq yoyish imkonini berishini aytib o‘tdi.  Elmakon do‘konlar tarmog‘i rahbari Jahongir Abdullayev esa futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilayotganidan juda mamnun ekanini bildirdi.  

Tadbir yakunida har ikki tomon o‘zaro hamkorlik xususida memorandum imzolashdi.  Unga ko‘ra,  endilikda Elmakon "Lokomotiv" jamoasining har bir uy uchrashuvi anons hamda reklamasini imkon qadar kengroq qamrovda bo‘lishini va bu orqali ko‘proq ishqibozlarning o‘yin to‘g‘risida xabardor bo‘lishini ta’minlashi kelishib olindi.  Bu orqali "Lokomotiv" stadionda o‘tadigan uchrashuvlarga ko‘proq muxlislar kelishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.  O‘z navbatida "Lokomotiv" professional futbol klubi Elmakon brendini uy uchrashuvlari davomida hamda klubning o‘yinga doir dastur va aksiyalarida targ‘ib etishi kelishib olindi. Shuningdek,  tomonlar ijtimoiy sohada ham hamkorlikda turli xayriya aksiyalari va tadbirlar o‘tkazib turadigan bo‘lishdi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:45, 05.03.2018.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик