Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

OCHL-2018: “Al Duhail” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan rasmiylar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

OCHL-2018: “Al Duhail” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan rasmiylar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Ertaga,  6 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahridagi “Abdulloh bin Halifa” stadionida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Al Duhail” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi. 

Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa rasmiylari hamda o‘yin tashkilotchilari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Unda jamoalarning o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti,  matbuot anjumani hamda ertangi bellashuvni jamoalar qanday liboslarda o‘tkazishi kabi masalalar muhokama qilindi.  Unga ko‘ra, “Lokomotiv” “Al Duhail” bilan o‘yinni oq-yashil-oq rangli libosda o‘tkazadi.  Jamoamiz darvozaboni binafsha rang futbolka, qora shortik hamda qora getrilarda maydonga chiqadigan bo‘ldi.  Mezbonlar esa an’anaviy to‘liq qizil rangdagi formada o‘ynashadi.  “Duhail” posboni to‘liq sariq rangdagi libosni kiyishi oydinlashdi.

Qayd etish joizki,  bugun shuningdek mahalliy vaqt bilan soat 17:30da (Toshkent vaqti bilan 19:30da) har ikki jamoa ustozlari va bir nafardan futbolchi ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi.  Unda Andrey Miklyayevga jamoamiz sardori Sadriddin Abdullayev hamrohlik qiladi.  So‘ng soat 18:00da “Lokomotiv” “Abdulloh bin Halifa” stadionida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi.  Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda kechadi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:45, 05.03.2018.
O'qildi: 4530 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик