Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi

O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, kecha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan “Al-Garafa” (Qatar) – “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishdi. Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam berishdi.

Shuningdek, bugun bo‘lib o‘tadigan OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan “Al-Hilol” (S.Arabistoni) – “Al-Rayyan” (Qatar) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirilgan. Mazkur o‘yinda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlashadi.

Bundan tashqari, shu yilning 10-17 mart kunlari Dubay shahrida FIFA tomonidan JCHda ishtirok etuvchi hakamlar uchun navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot seminari bo‘lib o‘tadi. Mazkur seminarga dunyoning eng yaxshi hakamlari qatorida e’tirof etiladigan hamyurtimiz Ravshan Ermatov taklif etilgan.

O‘zbekistonlik hakamlar yana quyidagi xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishadi:

13 mart. OCHL

“Ulsan Xyunday” (J.Koreya) – “Shanxay SIPG” (Xitoy)
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.

13 mart. OFK Kubogi
“Al-Ansor” (Livan ) – “Al-Vahda” (Suriya)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

14 mart. OCHL
“Tianjin Kuanjian” (Xitoy) – “Chonbuk Xyunday Motors” (J.Koreya)
Bosh hakam: Aziz Asimov
Laynsmenlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi
Livan – Malayziya.
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.
Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi
Yaman – Nepal
Bosh hakam: Aziz Asimov
Laynsmenlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OCHL
“Serezo Osaka” (YAponiya) – “Jeyju Yunayted” (J.Koreya)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Laynsmenlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OCHL
“Shanxay Shenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (YAponiya)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Laynsmenlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

10 aprel OFK Kubogi
“Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn)
Bosh hakam: Sherzod Qosimov
Laynsmenlar: RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

Shuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo‘yicha Ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:26, 06.03.2018.
O'qildi: 3233 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.