Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Dino Badjo: «Braziliya chempion bo‘ladi»

Dino Badjo: «Braziliya chempion bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Fevral oyi boshida Moskvada o‘tgan Afsonalar kubogi musobaqasida «SSF» muxbiri Dino Badjodan intervyu oldi.

«Yuventus», «Parma» klublari va Italiya termasining sobiq futbolchisi yoshlikdagi xatolari, to‘yidagi mojaroni yodga oldi hamda uni mashhur familiyadoshi Roberto qanday chuv tushirganini esladi.

«ITALIYA FUTBOLI 20 YIL ORTDA QOLDI»

- Ko‘pchilik sizni JCH-1994 guruh bosqichida Norvegiya darvozasiga urgan g‘alaba golingiz tufayli yodida saqlab qolgan...

- Chindan ham, o‘sha bahsni ko‘p bor eslatishadi. Birinchi o‘yinda biz Irlandiyaga yutqazib qo‘yganimiz sababli, «pley-off»ga chiqish masalasi katta so‘roq ostida qolgandi. Shu bois, qanday qilib bo‘lsa-da, norvegiyaliklarni mag‘lub etishimiz shart edi. Ammo o‘shanda omad kelmaganini qarangki, o‘yin davomida Franko Barezi jarohatlandi, darvozabon Palyuka esa qizil kartochka ishlab oldi.

Oqibatda, biz maydonda kamchilik bo‘lib qoldik va Arrigo Sakki kutilmagan qarorni qabul qildi: o‘shanda eng yaxshilardan biri hisoblangan Roberto Badjoni zaxiraga oldi. Rostini aytsam, terma a’zolari vahimaga tushib qolgan, hamma bizga qarshi, nima qilishni bilmasdik. Yaxshi ham omad biz tomonda bo‘ldi, sababi doim ham bosh bilan aniq va kuchli zarba berolmayman.

Ammo o‘shanda uch himoyachi orasidan eng baland sakradim va ko‘zlarimni yumgancha zarba berdim. To‘p qayoqqa yo‘nalganini ham bilmasdim, lekin tribunalarda hayqiriqlar yangragach, maqsadga erishganimizni bildim.

O‘sha musobaqa chorak finalida ispanlar darvozasiga ham gol urdim. Futboldagi estetika va go‘zallikni e’tiborga olsak, aynan o‘sha kiritilgan to‘p menga ko‘proq yoqadi. Muhimligi jihatidan birinchisining o‘rni alohida. Axir o‘shanda biz bir oyog‘imiz bilan uyda edik-da. Hamon o‘sha bahsda qanday qilib g‘olib bo‘lganimizni tushunolmayman.

- O‘tmishdan kelajakka o‘tsak. Rossiyadagi mundialdan nimalar kut-yapsiz?

- Rossiya termasi guruh bosqichidan chiqadi, deb o‘ylayman. Ammo uyog‘iga ancha qiyin bo‘lishi aniq. Favoritlar nomi tayin, ularning muxlislarni hayron qoldirishini kutish befoyda.

Kim chempion bo‘lishini so‘ramoqchimisiz? Braziliya. Hammasi oddiy: statistika bo‘yicha top-terma mundialni yoki qit’a birinchiligini taxminan 10-12 yilda bir marta yutib oladi.

Shu tariqa, Rossiyada yo Braziliya yoki bo‘lmasa, Italiya g‘olib chiqishi kerak edi. Ammo vatandoshlarim mazkur forumga kelmasliklarini esga olsak, faqat pentakampeonlar qolyapti.

- «Skuadra adzurra» so‘nggi 60 yilda ilk bor JCHga chiqolmadi, nimaga?

- Afsuski, men xotima shunday bo‘lishini kutgandim. Italyanlarning futbol tizimi zamonaviysidan taxminan 20 yilga ortda qoldi. To‘g‘ri, 2006 yili terma jahon chempioniga aylandi, ammo o‘shanda muvaffaqiyatni mustahkamlash o‘rniga ko‘pchilik g‘alaba sururidan mast bo‘ldi.

Raqiblar esa o‘z o‘yinlarini yaxshilash masalasida o‘ylashdi. Bizdagi muammo asosan, yoshlar bilan ishlashda ko‘zga tashlanmoqda. Klublar iqtidorlarni tarbiyalash o‘rniga xorijdan tayyor futbolchilarni olib kelishni ma’qul ko‘rishyapti.

Hatto o‘yinchi katta iqtidor egasi bo‘lsa ham, unda o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt kam - axir 90 foiz hollarda murabbiy xorijliklar xizmatiga murojaat qilyapti-da. Bunga qo‘shimcha ravishda, yoshlarimizda xalqaro amaliyot yo‘q hisobi. Busiz esa o‘sish bo‘lmasligi aniq.

- Agar Italiya Rossiyaga borganida, balki bunday fikr yuritmasmidingiz...?

- Shunday bo‘lganiga xursandman, desa ham bo‘laveradi. Zero, har qanday xato ustida albatta ish olib borilishi aniq. Shvesiyaga qarshi o‘yinga kelsak, g‘alaba qozonishimiz shart bo‘lgani holda ko‘plab taktik xatolarga yo‘l qo‘ydik. Men JCH yo‘llanmasi uchun norvegiyaliklarga qarshi o‘yinda futbolchilarimiz orasida ishonchsizlik paydo bo‘lgani haqida gapirgandim.

Ilk bahsda yutqazib qo‘ygach, shvedlarga qarshi o‘tgan 2-o‘yinda futbolchilarimizda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchsizlik ruhi hukmronlik qildi. Jan Pyero Ventura uchrashuv nihoyasiga yetay deb qolganida maydonga hujumchi Insinyeni emas, himoyachi De Rossini tushirmoqchi bo‘lganini eslang.

O‘shanda hatto Lorenso ham Italiyani saqlab qololmasdi. Biz o‘yin boshlanishidan avval uni boy berib qo‘ygandik.

«NAPOLI» SKUDETTOGA EGA CHIQISHI SHART»

- «A» seriyasi haqida gaplashsak. «Napoli» har qachongidan ham yaxshi ko‘rinyapti.

- Haddan ortiq yaxshi (kuladi). Maurisio Sarri jamoasi Italiyadagi eng yaxshi futbolni ko‘rsatyapti, deyish ham mumkin va klub chempionatda g‘olib bo‘lishi shart. «Yuven-tus»ga esa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish davri keldi.

- Ko‘pchilik Sarri hamma tomondan Arrigo Sakkiga taqlid qilmoqda, deb o‘ylaydi.

- Menga Maurisioning ish uslubi yoqadi. Balki siz haqdirsiz. Chindan ham, hozir «Napoli» Arrigo amaliyotdan o‘tkazgan tayyorgarlik uslubidan foydalanmoqda.

Hatto futboldan tashqarida ham Sarri sutkasiga 24 soat va bir yilda 365 kun faqat futbol haqida o‘ylaydi. Shu bois ham u chempionlikka eng munosib.

- Darvoqe, Sakki yig‘in paytlarida hatto tunda ham futbolchini suhbatga chaqirishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar bo‘lgandi.

- Sakki men birga ishlash baxtiga muyassar bo‘lgan murabbiylar orasida eng yaxshisi edi. Undan ko‘p narsa o‘rgandim va hozir maktabda bolalarga uning uslubi asosida saboq beryapman. Qisqa qilib aytganda, Arrigo futbolda kam uchraydigan islohotchilar sirasiga kirardi.

- U sizni ham tunda bezovta qilganmidi?

- (Kuladi) Biz u taxminan qachon xonalarni aylanishini bilardik va chiroqni, telefonlarni o‘chirib, o‘zimizni uxlayotganga solib olardik. Arrigo eshikni ochardi-da, uxlayotganimizni ko‘rgach, indamay ortga qaytardi.

Ammo u kimdir uxlamayotganini bilib qolsa, xonasiga olib borib, ma’lum bir uchrashuvni tahlil qilishga majbur etardi. Hozir o‘shanda o‘zimni uxlaganga solib olganimga achinaman: axir o‘z ishining ustasidan yanada ko‘proq narsani o‘rganishim mumkin edi-da.

- Joriy mavsumda «Yuventus»ning yakkahokimligiga barham berilish ehtimoli yuqori. Ammo u shunchalik uzoq davom etdiki...

- Afsuski, shunday. Hozir «Napoli»ga muxlislik qilaman - axir «A» seriyasida raqobatbardoshlik bo‘lishi ham kerak-ku. Ammo «Yuventus» so‘nggi yillarda haqli ravishda g‘olib bo‘lganini tan olish kerak.

Klub tizimi a’lo darajada ishlaydi. Jamoa o‘zagiga aylangan va futbolchilarni birlashtira oladiganlar ko‘p. Boshqa klublarda esa doimiy ravishda rotasiya jarayoni davom etadi.

«TO‘YIM TUFAYLI DISKVALIFIKASIYAGA UCHRAGANMAN»

- Ammo «Yuventus» doim ham haqli ravishda chempionlikka erishmagan. Bir marta shu haqda gapirib qo‘yib, anchaga tushgandingiz ham.

- «Kalchopoli» mojarosini nazarda tutyapsizmi? «Yuventus» «tozalanib» olganidan so‘ng, «A» seriyada tash-qi yordamlarsiz g‘olib bo‘lgani aniq. 90-yillar oxiri va 2000-yillar boshidagi hakamliklar masalasiga kelsak, ular sabab anchagina jabrlanganim aniq.

- Keling, o‘sha tarixni yodga olamiz.

- «Parma»ning «Yuventus»ga qarshi o‘yinida Zambrottaga nisbatan fol ishlatdim. Unchalik e’tiborli vaziyat bo‘lmasada, Stefano Farina cho‘ntagidan qizil kartochka oldi.

O‘zimni tutolmay, hakamga nojo‘ya ishora qildim. Tizimni yaxshilash uchun haqiqatni aytsam, adolat men tomonda bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Ammo men kabilarni bunday tizim darhol yo‘q qilib yuborishini e’tiborga olmagan ekanman - haqiqatim hech kimga kerak emas ekan. Umuman olganda, ba’zida tilni tiyib yurgan ma’qulroq bo‘larkan.

O‘sha uchrashuvdagi ishoram zararimga ishladi - diskvalifikasiya qilindim, Yevropa birinchiligiga borolmadim. Oradan 6 yil o‘tgach esa, «kalchopoli» voqeasi yuz berdi - Farinaning chindanam pora olgani isbotlandi. Bo‘lar ish bo‘ldi.

- Ammo sarguzashtlaringiz bu bilan tugamadi...

- Yevroga borolmagach, bu vaqt oralig‘ida to‘yimni o‘tkazib olishga ahd qildim. Ammo nikoh marosimi sanasi belgilab qo‘yilgan bir paytda «Parma» prezidenti qo‘ng‘iroq qilib, termaga chaqirishmagan ekan, u holda klub tarkibida Xitoyga - tijorat turniriga borishim lozimligini aytdi.

To‘yim haqida gapirganimda esa, jarima va asosiy tarkibdan chetlatilishimni ta’kidlab, qo‘rqita boshladi. «Qo‘lingizdan kelganini qiling!», - dedim. Natijada, menga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Hamon o‘shanda to‘g‘ri yo‘l tutganimga ishonaman va tarix takrorlansa, yana shu ishni qilgan bo‘lardim.

- Birorta quvnoqroq voqeani aytib bering.

- Esimda, avgustda Roberto Badjo ovga taklif qilib qoldi. Tashqarida 40 daraja issiqligi bois, o‘zim bilan gazlangan ichimlik olvoldim. Badjo esa suv solingan shishani ochmasligim kerakligini, yo‘qsa barcha o‘rdaklar shovqindan uchib ketishi mumkinligini aytib qolsa bo‘ladimi.

Oqibatda, saraton issig‘ida suvsiz 3 soat yurishga majbur bo‘ldim. Keyin chidolmay, shishani ochdim. O‘shanda Badjo uzoq kulgandi. Bosh-qa bir safar TV xodimlari meni ahmoq qilishgandi. Mashinamni pachoqlab, unga achigan pomidor va qandaydir bo‘yoqlar chaplab, qanday reaksiya bildirishimni suratga olishgan.

O‘shanda o‘zimni nazorat qilolmaydigan darajada jahlim chiqqandi. Keyin menga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi, ammo hazil antiqa bo‘lgani aniq.

- Siz yuksak saviyali futbolchilar bilan yelkama-elka turib o‘ynadingiz. Armoningiz bormi?

- Darhaqiqat, jamoadoshlar borasida omadim keldi. Ammo «Milan»ga o‘tish, Gullit, van Basten, Raykardlar bilan birga to‘p surish imkoniga ega bo‘la turib, undan foydalana olmaganimdan hanuz afsusdaman.

Aytish mumkinki, o‘shanda shartnoma tuzilgan ham edi, hisob. Ammo eng so‘nggi lahzalarda kelishuv amalga oshmay qoldi. Sababi haqida to‘xtalishni istamasdim. Shu tariqa «Milan» o‘rniga «Parma»da o‘ynadim va bu ham yomon variant emasdi.

«ROSSIYALIKLARNI MAG‘LUB ETISH - NOREAL»

- Nima sababdan rossiyaliklarni Afsonalar kubogida mag‘lub etishni hech kim uddalay olmaydi?

- Bu - noreal narsa! Boz ustiga, ular ancha yosh va 6x6 formatda o‘ynashga o‘rganib qolishgan. Italiyada bunday o‘ynashmaydi. Bu yerda autlar ham yo‘q. Rostini aytsam, biz Rossiyaga dam olish uchun kelgandik va buning uddasidan chiqdik ham.

- So‘nggi savol: Ronaldumi yoki Messi?

- Albatta, Ronaldu. U hammadan yaxshi.

- Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi-chi?

- Maradona!

MA’LUMOT UCHUN

DINO BADJO

1971 yil 24 iyulda Kampozampyero(Italiya)da tug‘ilgan.

Faoliyati: tayanch yarim himoyachisi sifatida «Torino» (1988-1991), «Inter» (1991-1992), «Yuventus» (1992-1994), «Parma» (1994-2000), «Lasio» (2000-2003), «Blekbern» (2003), «Ankona» (2004), «Triyestina» (2005), «Tombolo» (2008) klublari sharafini himoya qilgan.

Erishgan muvaffaqiyatlari: Italiya kubogi (1998|1999) va superkubogi (1999) sohibi, UYEFA kubogining uch karra g‘olibi (1992|1993, 1994|1995, 1998|1999), jahon vise-chempioni (1994).

Italiya termasi safida 60ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol urgan.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.  
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:17, 06.03.2018.
O'qildi: 5764 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.