Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bugun futbol. “Nasaf” - “Buxoro”

Bugun futbol. “Nasaf” - “Buxoro”

Baho:
+ | -

Bugun “Markaziy” stadionimizda katta futbol. “Nasaf” o‘z maydonida bu yilgi Superliganing ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Futbol ishqibozlari bugun qo‘shnilar derbisiga guvohi bo‘lishadi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin bir guruh taniqli san’atkorlar ijrosida konsert va milliy chempionatimizning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 2-tur

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)

09.03.2018. “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent)

Zaxira hakami: Isxax Ibrohimov (Nukus).

Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).     

Uchrashuv komissari: Roman Chernikov.

 

Yon qo‘shnilar, “Nasaf” hamda “Buxoro” jamoalari milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 40 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan  uchrashuvlarning 21 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 69-39.

Milliy chempionatimiz doirasidagi Qarshida bo‘lgan 20 uchrashuvning 14tasida “Nasaf” g‘alabaga erishgan. Qolgan 6 uchrashuvda murosaga kelingan. “Buxoro” hozirgacha Qarshida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan. Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 49ta to‘p kiritilgan, to‘plar nisbati 49-9 tashkil etmoqda, ustunlik jamoamiz tomonida.

Jamoamiz Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda “Buxoro”ni yetti marta 3:0 hisobida va bir marta 4:2, 3:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan. Mazkur jamoalar Qarshidagi uchrashuvlarda uch mart maydonni golsiz tark etishgan.

“Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi bugun “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

Soat 17:00dan boshlab, bir guruh taniqli san’atkorlar konsert dasturini namoyish qilishadi.

Chiptalar sotuvi davom etmoqda.

“Markaziy”ga marhamat qiling!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:38, 09.03.2018.
O'qildi: 2525 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.