Ertaga, 12 mart kuni "Lokomotiv" OCHL-2018 guruh bosqichi 4-turi doirasida Qatarning "Ad-Duhayl" jamoasiga qarshi bahs yuritadi.
"Lokomotiv" PFK mazkur uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. O‘yin kuni stadion hududida klub rasmiy do‘koni faoliyat ko‘rsatadi. Qolaversa, futbol ishqibozlari "Lokomotiv" - "Ad-Duhayl" uchrashuviga bepul tarzda kirish imkoniga ega bo‘lishadi. Biletlar stadion kassalarida bepul tarzda taqdim etiladi.
Ta’kidlab o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Ad-Duhayl" bahsi ertaga soat 17:00da "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi.