Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Superliga: 2-tur statistikasi

Superliga: 2-tur statistikasi

Baho:
+ | -

8, 9 va 10 mart kunlari mamlakatimizning olti shahrida milliy chempionat Superligasining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur turda ikki tur yakuniga ko‘ra stadionga muxlislar tashrifi bo‘yicha “Bunyodkor” stadioni peshqadamlikka ko‘tarilib oldi – “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvni 20168 nafar tomoshabin bevosita stadionning o‘zida kuzatishdi.

Olti uchrashuvning ikkitasida darvozalar tomon penalti belgilandi – Navoiyda maydon egalariga qarshi kechgan uchrashuvda qo‘qonliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi, to‘plarning birini Murod Xolmuhammedov penaltidan kiritgan bo‘lsa, “Bunyodkor” – “Paxtakor” o‘yinining so‘nggi daqqiqalarida mezbonlar darvozasi tomon belgilangan o‘n bir metrlik jarima to‘pini tepishda Jasur Hakimov xatoga yo‘l qo‘ydi. “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvida sakkiz nafar futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatildi...

Quyida 2-turning umumiy statistikasi bilan tanishing:

Jami muxlislar soni – 57 876

Eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan uchrashuv: “Bunyodkor” – “Paxtakor” – 20168.

Eng kam tomoshabin tashrif buyurgan o‘yin – “Lokomotiv” – “Metallurg” – 3188.

Sariq kartochkalar soni - 23ta

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatilgan uchrashuv – “Lokomotiv” – “Metallurg” – 8ta.

Qizil kartochka – 3ta

Kiritilgan jami gollar – 12ta.

Eng ko‘p gol kiritilgan uchrashuv – “Nasaf” – “Buxoro”-  1:3

Penaltilar – 2ta (1tasi amalga oshirilmadi).

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 15:55, 12.03.2018.
O'qildi: 2626 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик