Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

«Lokomotiv» murabbiyi qanday taktika tanlamasin, futbolchilar vazifani bajara olmasa foydasi yo‘q»

«Lokomotiv» murabbiyi qanday taktika tanlamasin, futbolchilar vazifani bajara olmasa foydasi yo‘q»

Baho:
+ | -1

Osiyo chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va «Ad-Duhail» jamoalari uchrashuvidan (1:2) so‘ng mehmonlar ustozi Jamol Belmadiy va o‘yin qahramoni Yusuf al-Arabiy o‘yin borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jamol Belmadiy: — Bugungi uchrashuv murakkab bo‘lishini bilardik, lekin g‘alabaga ishonchimiz bor edi. To‘g‘ri birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamagan bo‘lishi mumkin. Lekin ikkinchi bo‘limda qilgan o‘zgarishlarimiz samarasini berdi. Tanaffusdan so‘ng butunlay o‘yinni o‘z qo‘limizga oldik. G‘alabaga haqli edik va bu ishni uddalay olganimizdan xursandman.

Al-Arabiy: — Bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonganimizdan xursandman. To‘rtinchi uchrashuvda ham g‘alabani qo‘lga kiritdik. Osiyo chempionlar ligasini muvaffaqiyatli o‘tkazmoqdamiz. Bu xarsand qilmasdan qolmaydi. Birinchi bo‘limda ko‘zlagan o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ammo ikkinchi bo‘limda murabbiylar ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarib g‘alabani qo‘lga kiritdik. O‘yin so‘ngida ikkita gol kiritganimdan xursandman. Lekin eng ko‘p xursand qilgani bu jamoamning g‘alaba qozongani bo‘ldi.

— «Ad-Duhail» bu uchrashuvda g‘alaba evaziga keyingi bosqich masalasini hal qildi. Endi jamoa bu musobaqada ko‘zlagan maqsadi haqida ochiq ayta olasizmi?

— Birinchi navbatda maqsadimiz guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlash. Keyin esa qolgan maqsadlar sari harakat qilamiz. Imkon qadar musobaqada muvaffaqiyatliroq qatnashib, uzoqroqqa borishni ko‘zlaganmiz.

— Keyingi bosqich yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgandan so‘ng so‘nggi ikki turda yetakchi futbolchilarga dam beriladimi?

— Buni o‘yin arafasida o‘ylab ko‘ramiz. Balki ba’zi o‘yinchilarga dam berish ham to‘g‘ri bo‘lar. Ammo jamoa konsentrasiyani yo‘qotib, butunlay o‘yinni tashab qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaymiz. O‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy, ammo bu katta bo‘lmaydi.

— Qatar yulduzlar ligasida to‘purar bo‘lishdan tashqari OCHLda ham bu imkoniyatga ega bo‘lib turibsiz. Bu imkoniyatdan foydalanasizmi?

Yusuf al-Arabiy: — Albatta to‘purar bo‘lish yaxshi. Lekin birinchi navbatda jamoaning muvaffaqiyati turadi. Shu paytgacha erishgan natijalarimda birinchi navbatda ularning hissasi katta. Ali Muaz ham boshqa futbolchilar ham bunda katta hissa qo‘shishdi.

— «Lokomotiv» murabbiyi o‘rnida bo‘lganingizda bugun 60-daqiqadan keyin qanday taktika qo‘llagan bo‘lardingiz?

Jamol Belmadiy: — Umuman «Loko» murabbiyi o‘rnida gapirishim to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning yaxshi murabbiy ekani ko‘rinib turibdi. Ammo murabbiy maydonda qanday taktika tanlamasin, futbolchilar bu ishni bajara olmasa, buning foydasi yo‘q.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 19:40, 12.03.2018.
O'qildi: 6374 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.