Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Ro‘ziqul Berdiyev: “Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik”

Baho:
+ | -

Bugun “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

“Bo‘lajak o‘yinga tayyormiz. Raqibni yanada yaqinroq o‘rgandik. Ertaga nafaqat yaxshi natija uchun, balki chiroyli o‘yin ko‘rsatishga ham harakat qilamiz. Biz guruhda kuchli raqiblarga duch keldik, ammo orqada qolishni istamaymiz. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ikkala jamoaga ham uch ochko zarur. G‘alaba qozonishimiz uchun hujum qilishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin himoyani unutmasligimiz kerak. Chunki raqibimizning hujum chizig‘i juda kuchli shakllangan. Biz agar ertaga ochiq o‘yin namoyish qiladigan bo‘lsak, ularga oson bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib bo‘lajak o‘yinga reja tuzganmiz.

Takror aytaman guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilishgan. Hozir uchta jamoa bir xil, ya’ni olti ochkoga ega. “Al Vasl” jamoasi uchta mag‘lubiyatdan so‘ng, imkoniyatini pasaytirib yubordi. O‘ylaymanki, guruhdan chiqish uchun kurash mana shu uch jamoa o‘rtasida kechadi. Bu ham bo‘lsa taxmin, aslida bo‘lajak o‘yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi.

Dragan Cheran? Dragan Cheran ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyor, u bizga albatta yordam beradi.

Albatta biz Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik (kuladi). Uni muxlislarimiz ham Qarshida kutishdi. Futbolchilarimiz ham unga qarshi o‘ynashni ishtiyoq bilan kutishayapti. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun bu quvonchli voqea bo‘lardi”, - dedi Berdiyev.

Aziz G‘aniyev: “Xavi o‘ynashidan qat’iy nazar, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz”

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:30, 12.03.2018.
O'qildi: 6855 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.