Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Milliy futbolimiz taraqqiyoti qaror bilan mustahkamlansa…

Milliy futbolimiz taraqqiyoti qaror bilan mustahkamlansa…

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi» tasdiqlangan bo‘lib, uning 196-bandida nazarda tutilgan amalga oshirilishi shart bo‘lgan quyidagi tadbir, ya’ni «Barcha darajadagi futbol musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishning mavjud tizimini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, sohadagi jiddiy muammolarni hal qilish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etilishiga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish» 2018 yilning 1 apreliga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentiga topshirilishi kerak.

Ayni shu jarayon qay tariqa bajarilishi lozim, yaratilajak normativ-huquqiy hujjat loyihasida milliy futbolimiz rivoji uchun nimalar inobatga olinishi kerak? Quyida shu haqda batafsil ma’lumot bersak.

Davlat dasturi talabi

Talabga ko‘ra, Davlat dasturida belgilangan band bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak:

ilg‘or xorijiy tajriba asosida futbol sohasida yuqori malakali trener va sportchilarni tayyorlash, futbolchilar zaxirasini va terma jamoalarni shakllantirishning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish;

bolalar o‘rtasidagi futbolni rivojlantirishning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqib, futbol bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish, yuqori malakali trener va mutaxassislarni jalb qilish;

chekka hududlarda futbol maydonlarini keng miqyosda qurishni tashkillashtirish;

yosh iqtidorli futbolchilarni saralash (seleksiya) tizimini rivojlantirish;

milliy terma jamoaning 2022 yili Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishini ta’minlash uchun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Mazkur band uchun ijro etilgan mas’ullar, ya’ni Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan hujjat loyihasi katta ehtimol bilan «O‘zbekiston Respublikasida milliy futbol taraqqiyotini ta’minlash va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi deya nomlanishi mumkin va u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi shaklida tayyorlanishi kerak.

Qonunan asoslanish

Respublika futbolini rivojlantirish, mamlakat obro‘-e’tiborini xalqaro arenalarda mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasining sport sohasida jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integrasiya qilinishining asosiy talabidir.

O‘zbekiston Respublikasi 1994 yilda FIFA va OFKga a’zo bo‘lganidan so‘ng bir qator yirik yutuqlarga erishdi. 2018 yil yanvar oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida erishilgan matonatli g‘alaba bu yutuqlarning eng so‘nggisidir. Oxirgi 10 yil davomida O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari 17 va 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatlariga yo‘l olmoqda, lekin futbol olami uchun eng asosiy turnir bo‘lmish futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqish vazifasi bajarilmay qolyapti.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida jami 27ta ixtisoslashtirilgan futbol bo‘yicha maktab-internatlarining o‘zida 240 nafar trener qo‘l ostida deyarli 5000 nafar bolalar va o‘smirlar tarbiyalanmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga a’zo bo‘lgan professional futbol klublari soni 30taga ham yetmaydi. Futbol bo‘yicha chempionat professional maqomida bo‘lsa ham, undagi daraja va maqomiga ko‘ra bo‘g‘inlar (ligalar) soni 2tadan oshmaydi. So‘nggi yillarda qit’a miqyosida klublar o‘rtasidagi nufuzi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi o‘zbek klublari soni 4tadan 2taga («Lokomotiv» va «Nasaf») tushib qolgan. O‘tgan ikki mavsumda klublarimizning bu turnirda qayd etgan natijalari talabga javob bermaydi.

Respublika futbolida o‘sishning muntazamliligi ta’minlanmayotganligi, yosh va iqtidorli futbolchilarni tanlash tizimida shaffoflik va adolat prinsiplarining oqsayotganligi, moddiy-texnik bazani mustahkamlashdagi jiddiy muammolar - so‘nggi paytlarda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan kamchiliklardir.

Bundan tashqari, futbol taraqqiyotini belgilashda xizmat qilishi lozim bo‘lgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning muntazam ishlashi uchun muayyan muddatlar belgilab qo‘yilganligi oqibatida ularning ijrosi borasida muammolar uchrayotganligi, mas’ul davlat tashkilotlari va boshqa idoralarning vazifa-majburiyatlari aniq ko‘rsatilmaganligi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda joylarda viloyat futbol hududiy assosiasiyalarining bir maromda ishlashida muammolar keltirib chiqarmoqda.

Futbol butun jahonda eng ommaviy sport turi va unga nisbatan jamoatchilikning e’tibori yuksak darajada ekanligi, jahonning rivojlangan mamlakatlarida bu sport turi biznes darajasiga chiqib ulgurganligi ayni kunda hech kimga sir emas.

Mamlakatimiz hududlarida futbol taraqqiyoti qay yo‘sinda ekanligini tahlil qilarkanmiz, bu borada hududlar bir-biridan keskin farq qilishi, futbol bo‘yicha milliy chempionat bahslarining tomoshabopligi past darajaga tushib ketganligidan ham bilsak bo‘ladi.

Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va to‘planib qolgan muammolarni hal qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan milliy futbol taraqqiyoti uchun oldinda turgan birlamchi vazifalarni belgilab olish, respublika futboli rivoji uchun moddiy-texnika bazasini talab darajasiga keltirish, iqtidorli va vatanparvar futbolchilarni tayyorlash ishlari tizimni xalqaro standartlarda belgilangan darajaga keltirish maqsadida tegishlicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Qarorni qabul qilish zarurati

O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilab olish zarurati quyidagilardan iborat:

birinchidan, bolalar va o‘smirlar sport-maktablarida, ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internatlarida, respublika olimpiya zaxiralari kollejlarida futbolchilar tayyorlash va ular bilan ishlash tizimining talabga javob bermasligi va malakali trener kadrlar muammosi mavjudligi oqibatida oxirgi yillarda professional futbol klublariga, turli toifadagi terma jamoalarga tarbiyalanuvchilarning jalb etilish ko‘lami kamayib, samaradorligi pasayib ketgan;

ikkinchidan, professional futbol klublari uchun moliyalashtirish manbalari aniqlab berilgan bo‘lsa ham, ulardan samarali foydalanish mexanizmi ishlab chiqilmagan, klublar o‘z-o‘zini ta’minlash tizimiga o‘tishga shoshilmayapti, bundan tashqari, soliq va bojxona imtiyozlari amal qiladigan davr qisqa, uni uzaytirish masalasi esa o‘z vaqtida hal etilmayapti;

uchinchidan, hududiy futbol assosiasiyalarida, professional futbol klublarida, turli bo‘g‘indagi futbol maktablarida moddiy-texnika bazasi eskirganligi natijasida futbolchilarni tanlab olish, ularni tarbiyalash va professional futbolga o‘tkazish sifati pastligicha qolmoqda;

to‘rtinchidan, bolalar va o‘smirlar futbolida futbolchilarning eng birinchi bosqichdan to professional futbolgacha bo‘lgan tarbiyalash jarayonining yetarlicha rag‘batlantirilmayotganligi muammosi ham uchramoqda (ayni paytda «Manchester Siti» futbolchisi Emerik Lyaport transferidan uni tarbiyalagan birinchi klub qancha daromad ko‘rganligini bir eslatib o‘tsak);

beshinchidan, respublika byudjeti va mahalliy byudjet mablag‘lari asosida, homiylar ko‘magida joylardagi stadionlar qaytadan qurilib, rekonstruksiya qilingan va yangilari qad rostlagan bo‘lsa-da, undan maqsadli foydalanishda va o‘yinlarga muxlislarni jalb etishda oldinga siljish kuzatilmayapti.

oltinchidan, futbol maktablarida, professional klublarda va bosh-qa futbolga aloqadar tashkilotlarda kadrlar bilan bog‘liq muammoning kuchayib borayotganligi, ularning malakasi xalqaro va mahalliy talablarga javob bermasligi ham bor gap;

yettinchidan; terma jamoalar bilan ishlash tizimining yetarli darajada nazorat qilinmayotganligi oqibatida ularning ko‘rsatayotgan natijalari talab darajasida emas, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa muntazam ravishda jahon chempionatiga chiqish rejasini bajara olmay kelmoqda.

Loyihada qanday takliflar bo‘ladi?

Qaror loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:

Toshkent shahrida biror-bir sport majmuasini futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari uchun asosiy o‘quv-mashg‘ulot bazasiga aylantirish;

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil etish va uni zamonaviy stadionlardan biriga joylashtirish yoki respublika akademiyasi uchun yangi baza qurish;

Futbol bo‘limlari mavjud bo‘lgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari rahbarlari va trenerlarini tanlab olish va tayinlashda futbol rahbariyati ishtirokini majburiy qilib qo‘yish;

davlat ixtisoslashtirilgan futbol bo‘yicha maktab-internatlari sonini kamaytirish va ularni to‘lig‘icha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tasarrufiga berish;

futbol maktab-internatlari uchun ota-onalardan olib kelinayotgan to‘lov miqdorini, ovqatlantirish me’yorlarini qaytadan ko‘rib chiqish;

«har bir mahallada va har bir maktabda futbol maydonchasi» loyihasini ishlab chiqish va uni mahalliy homiylar ko‘magida amalga oshirish;

davlat va xususiy telekanallarning Primetime vaqtida futbol bo‘yicha Superliga va Pro-liga bahslari boshqarilishiga oid hakamlar va boshqa mas’ullar ishtirokida ko‘rsatuvlar uzatishni yo‘lga qo‘yish, futbolning ilmiy asoslantirilganligi yuzasidan ko‘rsatuvlar tayyorlash;

futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari amaliy va nazariy o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilishi uchun baza tashkil etish maqsadida respublikamiz tog‘li mintaqalaridan birida joylashgan, ayni paytda foydalanilmayotgan inshoot yer uchastkasi bilan birgalikda ajratilishi taklifi.

Mazkur bazani qurish, kerakli asbob va jihozlar bilan ta’minlash, tegishli infrastruktura yaratilishi homiylik ko‘magi va xorij tajribasi asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Futbol taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘limlari va professional futbol klublariga kelgusi 3-5 yil uchun soliq va bojxona imtiyozlari berilishi ham mazkur qaror loyihasida bo‘lishi shart.

Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi (yalpi tushumi) bilan bog‘liq imtiyoz futbolga bo‘lgan homiylikka, ayniqsa, mintaqalarda yangidan-yangi jamoalar paydo bo‘lishiga, futboldagi sog‘lom raqobatning ortishiga keng yo‘l ochib beradi (bunday imtiyoz ayni paytda kurash sporti borasida ham qo‘llangan, demakki, huquqiy presedent mavjud).

Kutilayotgan natijalar

Qaror qabul qilinishi orqali:

birinchidan, futbol taraqqiyotining bosh bo‘g‘ini bo‘lmish bolalar va o‘smirlar futbolida sog‘lom raqobat, yuqori maqsadlar sari intilish yuzaga keladi, futbol bo‘yicha trenerlarning o‘z ustida va bolalar bilan individual tarzda ishlashi uchun vaqt va imkoniyat bo‘ladi;

ikkinchidan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi tashkil etilib, unda turli yosh kategoriyalaridagi respublikaning eng iqtidorli futbolchilari jam bo‘ladi. Mazkur akademiyada tarbiyalanayotgan bolalar va o‘smirlar yaqin kelajakda O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasining o‘zagi bo‘lishadi (bunday tajriba Fransiyadagi Klerfonten akademiyasi, Qatardagi «Espayr» akademiyasi misolida qo‘llab kelinmoqda);

uchinchidan, rekonstruksiya qilinadigan va yangidan quriladigan futbol universal majmuasidan unumli foydalanish uchun mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlari o‘tkazish uchun uzoq va yaqin xorij mamlakatlaridan futbol klublarini ham jalb etish, shu orqali Toshkent shahri miqyosida futbol turizmini shakllantirish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan;

to‘rtinchidan, sof raqobat natijasida saviyasi oshadigan milliy chempionatda o‘ynovchi futbolchilar hisobiga futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy termasi tarkibi yuqori saviyali futbolchilar bilan shakllantirilib, bu jamoa o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi;

beshinchidan, xorijdan taklif etiladigan murabbiylarning daromadlariga nisbatan soliq imtiyozlarini qo‘llash, ularni mamlakatimiz mintaqalariga, asosan, bolalar va o‘smirlar futboli rivojini yo‘lga qo‘yishda mehnat faoliyatini olib borish uchun ishga taklif etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Dovudxon AKRAMOV

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:19, 15.03.2018.
O'qildi: 2486 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.