Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Sebastyan Skillachi: «Messini aldayman deb o‘ylaguningizcha, u sizni aldab bo‘ladi»

Sebastyan Skillachi: «Messini aldayman deb o‘ylaguningizcha, u sizni aldab bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Fransiyalik himoyachi Sebastyan Skillachining faoliyati yaxshi o‘tgan. «Monako» tarkibida Chempionlar Ligasining finalida o‘ynagan. «Lion» bilan ikki marta Fransiya chempioni bo‘lgan va «Sevilya» safida Ispaniya kubogida zafar quchgan.

Keyinchalik «Arsenal» bilan Angliya premyer-ligasida o‘ynagan. Yaqinda ushbu futbolchi Moskvaga tashrif buyurdi. Bundan unumli foydalangan «Futbol» nashri Skilachchi bilan suhbat uyushtirdi.

— 2004 yili «Monako» qanday qilib Chempionlar Ligasining finaliga chiqqan?

— O‘shandagi tarkibimizni eslasangiz, yulduzlarga to‘la edi. Moryentes, Juli, Prsho va bir qator ajoyib futbolchilar. Lekin biz ahil jamoa edik. Maydonda esa, bir oiladek o‘ynardik. Shu bois ham «Real», «Chelsi» kabi jamoalarni mag‘lub etganmiz.

— YECHLning hal qiluvchi uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko‘rgansizlar?

— Mehmonxonada o‘tirib, oilamga qo‘ng‘iroq qilganman. Juda asabiylashgandim. O‘yindan oldin kiyinish xonasida «Monako»ning barcha futbolchilari ruhlantiradigan qo‘shiq kuylagandik. Afsuski, o‘sha finalda bu narsa ham yordam bermagan.

— Endi «Arsenal» haqida. Frimpongning aytishicha, Arsen Venger uning hayotidagi eng jiddiy inson ekan. Buni tasdiqlaysizmi?

— O, Frimpong ko‘p narsani gapirgan. Men «Arsenal»daligimda u yosh va qiziqqon edi. Venger haqiqatan ham jiddiy inson. Bu uning ish uslubi. U faqat o‘yin va g‘alaba haqida o‘ylaydi. Mashg‘ulotlar paytida umuman hazillashmasdi. Ba’zi-ba’zida qandaydir latifa aytardi, xolos.

Umuman olganda, Venger nafaqat «Arsenal», balki Angliya futboli tarixidagi muhim insonlardan biridir. U jamoani shakllantirishga yordam berdi. Har nima qilganda ham, muxlislar uning ketishini istashsada, Vengerni hamisha sevib qolishadi.

— Arsen Venger ayni paytda har doimgidan ko‘ra ko‘proq qiynalmoqda.

— Raqobat darajasi oshib bormoqda. Bugun ular nechta? «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Tottenxem», «Chelsi» — beshta. Ajoyib raqobat.

— Venger hamon APLni yutib olishga qodirmi?

— U jamoa uchun ko‘p narsa qildi. Unga qiyin bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. Lekin shunga qaramay, ajo­yib mutaxassis. O‘ylashimcha, u istagan paytida «Arsenal»dan ketishi mumkin. Lekin u APLni yutsa ham, yutmasa ham, yoqimli murabbiy bo‘lib qolaveradi.

— «Arsenal»ning sobiq o‘yinchisi sifatida «Tottenxem»ni yomon ko‘rasizmi?

— Yo‘q. Shunchaki, «Tottenxem»ning o‘yinlarini kuzatmayman. Uydaligimda internet orqali «Arsenal», «Monako», «Sevilya» va «Lion»ning o‘yinlarini kuzatib boraman.

Men tinchlikparvar insonman. Barcha jamoalarni yaxshi ko‘raman va «kanonirlar»ga muxlislik qilaman.

— Andrey Arshavinni eslaysizmi?

— Albatta. U ajoyib futbolchi. Ki­yinish xonasida hamma bilan hazillashardi.

— Shuningdek, Robin van Persi va Sesk Fabregas kabi futbolchilar bilan ham birga o‘ynagansiz.

— Robin van Persi men bilan birga o‘ynagan futbolchilar orasidagi eng kuchlisi bo‘lsa kerak. Agar Robin to‘pni qabul qilib olsa, gol bo‘lishi muqarrar edi. Fabregas haqida gapiradigan bo‘lsam, bu yigitning uzatmalari jahonda eng zo‘ri.

— «Arsenal»da Tyerri Anri bilan ham to‘qnash kelgansiz.

— U haqda so‘rashingizni bilardim. Anri juda oddiy va xotirjam inson bo‘lgan.

— «Arsenal»ning yana bir kuchli futbolchilaridan biri - Niklas Bendt­ner. Nima uchun uni Lord deb atashgan?

— Nima uchunligini aniq bilmayman. U lordlarga o‘xshardi. Qimmatbaho kiyimlar, mashinalar. Nik o‘zini xuddi lordlardek tutardi.

— Sizga qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchi kim?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:51, 16.03.2018.
O'qildi: 4893 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик