Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Paxtakor» mavsumdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

«Paxtakor» mavsumdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

3-turda "Paxtakor" Toshkentda AGMKni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlabki daqiqalardan tashabbusga erishgan "sherlar" 20 daqiqa ichida ikki to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. 13-daqiqada Sayfiyevning chap qanotdan jarima maydoniga yerlatib oshirgan to‘pini Tiago chap oyog‘ida uzoq burchakka aniq yo‘lladi - 1:0. 7 daqiqadan keyin Bezerrega nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltidan Gonsalvesh unumli foydalandi - 2:0.

Tanaffusga qadar Bezerra, Rahmatullayev va Tojiyevning xavfli zarbalari golga aylanmadi. Mehmonlar 42-daqiqada hisobni qisqartirishdi. Jokich Norbekovga ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq bajardi.

Ikkinchi bo‘limda to‘pni nazorat qilgan "Paxtakor"da qulay imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalanish nasib etmadi. Gonsalveshning ikki urinishi noaniq chiqdi. O‘yin oxirida Suyunov Abdullayevning xavfli zarbasi yo‘liga g‘ov bo‘ldi.

2:1 hisobidagi g‘alaba "Paxtakor"ning mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini ta’minladi.

"PAXTAKOR" - AGMK - 2:1 (2:1)

18 mart. "Paxtakor" stadioni. 12852 tomoshabin.

Gollar: Bezerra, 13 - 1:0. Gonsalvesh, 20-pen - 2:0. Jokich, 42-pen - 2:1.

Ogohlantirish: To‘rayev, 38.

Hakamlar: V.Seytlin, A.Snetkov, S.Ulfatov, S.Abdurahmonov.

"Paxtakor": Suyunov, Sayfiyev, A’zamov, Simich (Tojiyev, 18), Shorahmedov, Rahmatullayev (Ahmedov, 85), Griffits, Masharipov, Abdurahimov (Iskanderov, 77), Bezerra, Gonsalvesh.

AGMK: Matyash, Hojiakbarov, Jo‘rayev (CHemirtan, 76), Polvonov, Norbekov (Abdullayev, 71), To‘rayev, Bubanya, Bahodirov (Muxtorov, 46), Kasminin, Jokich, Guseynov.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:47, 18.03.2018.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик