Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Berdiyev va Arveladze MTJ bilan Marokashga bora olishmaydi

Berdiyev va Arveladze MTJ bilan Marokashga bora olishmaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yilning 23 va 27 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCH-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Kecha, 19 mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. Avvalroq xabar qilinganidek,  milliy terma jamoani safardagi o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar kengashi boshqarib boradi. Mirjalol Qosimov, Ro‘ziqul Berdiyev, Shota Arveladze kabi mutaxassislar terma jamoani shakllantirish, tarkibga futbolchilarni jalb qilish va mashg‘ulotlar olib borishda o‘z maslahatlarini berib o‘tishdi.

Ammo Shota Arveladze va Ro‘ziqul Berdiyev milliy terma jamoa bilan Marokashga borishmaydi. Arveladze FIFA kunlaridan foydalanib oilaviy masala bo‘yicha Gruziyaga yo‘l oladigan bo‘ldi. Ro‘ziqul Berdiyev esa “Nasaf” klubi bilan OCHLning navbatdagi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi.

Bugun, 20 mart kuni tongda soat 09:15 da milliy terma jamoa a’zolari Istambulga uchishadi. U yerda bir kun mashg‘ulot olib borib, keyin Marokashga yo‘l olishadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 00:17, 20.03.2018.
O'qildi: 7942 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик