Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Shahrillo Mahmudov: "MOQ yuritayotgan siyosat, nafaqat yurtimizda sportni rivojlantirish, balki, turizm sohasining taraqqiyotiga ham o‘z hissasini qo‘shishga qaratilgan"

Shahrillo Mahmudov: "MOQ yuritayotgan siyosat, nafaqat yurtimizda sportni rivojlantirish, balki, turizm sohasining taraqqiyotiga ham o‘z hissasini qo‘shishga qaratilgan"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

Xabar berib o‘tganimizdek og‘ir atletika bo‘yicha 2018 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Urganch shahrida bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqaning boshlanishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov bilan uchrashib, qit’a chempionatiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, o‘zbek og‘ir atletikasining bugungi kuni va kelajagi borasida suhbat tashkil qildi. E’tiboringizga ushbu intervyuni taqdim etamiz.

- Shahrillo Sharipovich, joriy yilda mamlakatimiz og‘ir atletika bo‘yicha ikkita nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Birinchisi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lsa, ikkinchisi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati. Musobaqalarning biri Urganchda, biri Toshkentda o‘tkaziladi. Umuman, ana shu yirik musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida nimalar deya olasiz?

- Bugungi kunda yurtimizda sport sohasi uchun yaratilayotgan sharoitlar va ulardan samarali foydalanish maqsadida, avvalambor 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborganmiz. O‘smirlar, yoshlar, kattalar terma jamoalarimiz muntazam o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari orqali tayyorgarlik ko‘rib, bir qancha xalqaro musobaqalarda toblanib borishmoqda. Pirovardida Olimpiya o‘yinlariga tajriba to‘plamoqdalar. Maqsadimiz, to‘rt yillik siklni samarali yakunlab, yurtimizga yaxshi natijalar bilan qaytish. Shuningdek, yangi nomlarni kashf etish ham asosiy vazifalarimizdan biridir.

20-30 aprel sanalarida Urganchda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradi. Bu yerda biz o‘zimizning yosh sportchilarimizga imkoniyat berib, katta musobaqada ko‘rikdan o‘tkazamiz. Bu bizga nima beradi? Avvalo, sportchilarimiz o‘z yurtlarida o‘tkaziladigan musobaqada ikki karra mas’uliyat bilan ishtirok etadilar. Ular ota-ona, do‘stlari oldida bahslarga kirishadilar. Bu balki ularga dalda berishi ham mumkin. Ammo, buning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Ularda o‘ziga yarasha hayajon, bosim bo‘ladi. Eng asosiysi, muxlislarimiz turli viloyatlardan tashrif buyurib, xalqaro musobaqani bevosita kuzatish, tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, Prezidentimizning mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlari bo‘yicha ushbu musobaqaning Urganch shahrida tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlashni hohlardimki, Milliy olimpiya qo‘mitasi yuritayotgan siyosat, nafaqat yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Olimpiya harakatini rivojlantirish, balki, turizm yo‘nalishining taraqqiyotiga ham o‘z hissasini qo‘shishga qaratilgan. Osiyo chempionatining Urganchda o‘tkazilishi butun respublikamiz sportsevar yoshlarni vohaga jalb qiladi. Ular musobaqaga tashrif buyurib nafaqat bahslarni bevosita tomosha qiladilar, balki, tariximiz, qadimiy Xorazm merosini ko‘rishlari, o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Chet ellik mehmonlarni oladigan bo‘lsak, qit’a chempionatiga Eron, Arab mamlakatlari, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya  kabi davlatlardan ham sportchilar va rasmiy shahslar keladilar. Ular bungacha Toshkent shahrida bo‘lishgan va  musobaqalarda ishtirok etishgan. Ammo, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Xorazm viloyatida hali mehmon bo‘lishmagandi. Musobaqa ishtirokchilari Xivadek jahonga mashhur tarixiy shaharni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyati paydo bo‘layotganidan xursand ekanliklarini yashirmayaptilar.

Masalan, Eronliklar Pahlavon Mahmudni qattiq hurmat qiladilar. Arablar esa Al-Xorazmiyni arab grammatikasini yaratgan shaxs sifatida qadrlashadi. Yaqinda xalqaro og‘il atletika federasiyasi Bosh kotibi Muhammad Jalud bilan birga Urganch shahrida musobaqa o‘tkaziladigan inshootlar, mehmonxonalarni ko‘zdan kechirdik. U shahardagi bir qancha allomalarimiz haykallarni ko‘rib, hayajonini yashira olmadi. Ular Zamahshariy, Al-Xorazmiy bobolarimiz haqida bizga nisbatan ko‘proq ma’lumotlarga ega ekanligi bizni o‘ylantirib qo‘ydi, nafaqat o‘ylantirdi, balki uyaltirdi desam ham to‘g‘riroq bo‘ladi. Haqiqatdan, asli iroqlik bo‘lgan mutaxassis mamlakatimizga tashrifi chog‘ida buyuk allomalarimiz haqida ko‘plab ma’lumotlarni gapirib berdi.

Musobaqani Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya sport vazirligi hamda og‘ir atletika federasiyasi hamkorligida yuqori saviyada o‘tkazamiz deb ishonch bilan ayta olaman. Yurtimizga kelgan mehmonlar yaxshi taassurotlar bilan qaytadilar, mamlakatimiz haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Keyinchalik ular o‘z suratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtiradilar. Buning natijasida chetdan keladigan sayyohlar soni ortadi deb o‘ylayman.

-Aytib o‘tdingiz, bu lisenzion musobaqa. O‘zbekistonlik yosh og‘ir atletikachilar o‘tgan yili yo‘llanmalarni qo‘lga kiritib bo‘lishgan. O‘shanda to‘rtta imkoniyatdan uchta yo‘llanma qo‘lga kiritilgandi. Yana shu bitta lisenziyani musobaqa davomida qo‘lga kiritish imkoniyati bormi yoki O‘zbekiston Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida uch nafar sportchisi bilan ishtirok etadimi?

-O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi Buenos-Ayresda uch nafar sportchi bilan qatnashadi. Chunki, xalqaro og‘ir atletika federasiyasining qonun-qoidalariga muvofiq, jahon chempionatida maksimal natijani qo‘lga kiritgan mamlakatlar qit’a miqyosidagi musobaqalarda faqatgina medallar uchun kurash olib borishadi. Biz 2017 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta yo‘llanmani qo‘lga kiritib, minimum vazifani bajarib bo‘lganmiz. Maksimum vazifa esa endi Buenos-Ayresda medallarga ega chiqish.

-Biroz tahlil qilib ko‘rsak, so‘nggi yillarga kelib O‘zbekistonda og‘ir atletika sport turi nihoyatda taraqqiy etdi. Hozir, birorta nufuzli xalqaro musobaqa yo‘qki, atletlarimiz medalsiz qaytayotgan bo‘lishsa. Hattoki, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini ham vakillarimiz umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladilar. Ruslan Nuriddinov Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilab, chempionga aylandi. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon chempionlarida sportchilarimiz muntazam ravishda shohsupaga ko‘tarilishmoqda. Farhodbek Sobirov yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni bo‘ldi. Vaholanki, bundan qandaydir 8-10 yil oldin ham O‘zbekiston og‘ir atletikasi jahon reytingida juda ham pastki o‘rinlarda edi. Bugungi kunda esa jahonda kuchli uchlikka kirib turibdi. Bunday tez suratlardagi taraqqiyotning boisi nima? Yutuqlar nimaning evaziga qo‘lga kiritildi?

-Eng avvalo, bugungi kunda yurtimizda davlatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar. Qisqa qilib aytganda, yuzaga kelgan imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish natijasidir. Bugungi kunda imkoniyatlar yanada ko‘paymoqda. O‘ylaymanki, undan yanada unumliroq foydalanishimiz lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan yutuqlarni imkon qadar tezroq unutib, oldinda turgan muhim musobaqalar - Osiyo o‘yinlari va 2020 yilda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish xaqida bosh qotirishimiz kerak. Ungacha bo‘lib o‘tadigan qit’a va jahon chempionatlari esa bizga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi.

Bugun o‘zbek sportida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Shak-shubha yo‘qki, bu yillar davomida o‘z samarasini berib boradi. Bugungi kunda Respublikamizning barcha xududlarida Olimpiya zaxiralari kollejlari mavjud. Tan olish lozim, shu paytga qadar biz sportchilarni OZKlarga topshirardik, keyin ular terma jamoalar nazaridan chetda qolib ketib, natija yaxshilanmasdi. Bunga sabab, son katta, sifat esa kam. Hozirda  Milliy olimpiya qo‘mitasi aynan sifatni oshirish borasida tashabbus ko‘rsatmoqda. Yaqinda barcha federasiyalar hamda OZK direktorlari bilan birga o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilishda songa emas, sifatga e’tibor qaratilishi lozimligi alohida qayd etildi. Bu albatta o‘z samarasini beradi. Chunki, son ko‘paygan joyda sportchilarning yotib-turishi, zalda mashg‘ulot o‘tkazishi, ovqatlanishi kabi masalalarda kerakli bo‘lgan sharoitlar yetishmaydi.

Masalan, Farxod Sobirov misolida oladigan bo‘lsak, u Urganch OZK o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, asosiy vaqtini Chirchiqda, terma jamoamiz o‘quv-mashg‘ulot bazasida o‘tkazdi. Shahzod Xudoyberganov haqida ham shunday deyishim mumkin. Aslida OZKda bugungi kunda uch mahal ovqat, mashg‘ulot zallari mavjud. Bu degani yil mobaynida sportchi davlat tomonidan har tomonlama to‘liq ta’minlanadi. Lekin, bugungi kunda sportchining kundalik ovqatlanish rasioni uchun belgilangan 22 000 so‘mlik norma kamlik qiladi. Biz sportchiga oldin kerakli kaloriyani berib, keyin natija talab qilishimiz kerak.

O‘ylab ko‘ring, hozirgi sharoitda bu mablag‘ga faqatgina bir mahal ovqatlanish mumkin. Bu bilan biz sportchiga qanday energiya yoki kaloriya bera olamiz? Oddiy odam bu pulga ovqatlanishi mumkin. Ammo, kuniga ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazadigan, kun mobaynida darslarda ishtirok etadigan sportchi katta energiya sarflaydi. Mashg‘ulotlar vaqtida  organizmdan kalsiy moddasi ter orqali chiqib ketadi. Bularni oddiy ovqatlar bilan qoplab bo‘lmaydi. Bo‘g‘imlarga kerakli vitaminlar yetib bormasligi natijasida yosh sportchilarda turli jarohatlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun, bu masalani Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirligi mutaxassislari bilan qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblayman.

O‘z navbatida, Milliy olimpiya qo‘mitasining Olimpiya zahiralari kolejlari faoliyatini tubdan isloh qilishga qaratilgan tashabbusini to‘liq qo‘llab quvvatlayman va qilinayotgan ishlar yaqin kelajakda o‘z samarasini berishiga ishonaman. Dunyoning biror bir davlatida yo‘qki, xar bir xududda Olimpiya zaxiralari kollejlari bo‘lsa. Bu juda ajoyib! Lekin, buning samarasi, natijasini ko‘ryapmizmi? Shunday ekan, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli va oqilona foydalanishimiz lozim.

Sifatga alohida e’tibor qaratilayotgani juda yaxshi. Son katta bo‘lsa, ba’zida mashg‘ulot zallari yetishmay qoladi. Undan tashqari, sportchida kislorod yetishmovchiligi ham hosil bo‘ladi. Bunday sportchilar ko‘zlangan natijani qayd eta olmaydilar. Bizda ko‘p zallarda kislorod taqchilligiga guvoh bo‘laman. Bu barchasi bir-biriga bog‘liq narsalar. Albatta, bugungi kundagi yutuqlarimizdan havolanib ketmasdan, mana shunday oddiy detallarga ham e’tibor qaratilsa, kelajakda biz Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bekamu ko‘st bajara olamiz.

-Tokio 2020 o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida aytib o‘tdingiz. Umuman oladigan bo‘lsak, bugungi kunga kelib o‘zbek og‘ir atletikasida “oltin avlod” shakllandi. Har bir vazn toifasida kuchli sportchilar mavjud va ular orasida yaxshigina raqobat yuzaga kelgan. Ular jahon va Osiyo chempionatlarida shohsupadan o‘rin egallamoqdalar. So‘ramoqchi bo‘lganim, Tokioda terma jamoa tarkibida yangi nomlarni ko‘ramizmi?

-Xudo xohlasa albatta ko‘ramiz. Chunki, bugungi kunda aynan yangi nomlar ustida ish olib bormoqdamiz. Nomma-nom aytib o‘ta olmayman. Ayni paytda turli terma jamoalarimizda jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bor. Buni o‘zingiz ham bilasiz. Kattalar o‘rtasida Anaxaymda o‘tkazilgan musobaqada ham sportchilarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Umidimiz ana shu sportchilardan. Endi faqatgina umid qilib o‘tirish bilan ish bitmaydi albatta. Ular bilan tinimsiz ishlab, to‘g‘ri yo‘nalishda faoliyat olib borilsa bir narsaga erishsak bo‘ladi. O‘z o‘rnida talab qilish ham lozim. Bu yerda faqat natijani talab qilishni nazarda tutayotganim yo‘q. Natijaga erishish uchun kerak bo‘lgan narsalarni talab qilishimiz kerak.

Masalan, sportdagi tartib, dam olish vaqtidan tortib to‘g‘ri ovqatlanishigacha barchasi o‘z o‘rnida bo‘lishi darkor. Sportchilar o‘z kuchini sportdan tashqari narsalarga behuda sarflamasligini nazorat qilib, barcha vazifalarni bajara olsalargina, biz o‘zimiz ko‘zlagan maqsadimizga erisha olamiz deb o‘ylayman. MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ham sportda eng avvalo tartib o‘rnatilishi lozimligi,  sportchilar qat’iy rejimga amal qilishlari xaqida kuyinib gapirmoqda. Barcha sport federasiya va assosiasiyalar rahbarlari ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlasak va bu borada birlasha olsak yaqin orada o‘zbek sportining taraqqiyotiga yaxshigiga turtki bera olamiz.

-Demak agar hozir olib borilayotgan islohotlar to‘g‘ri yo‘nalishda, o‘z vaqtida amalga oshirilsa O‘zbekiston og‘ir atletikasining kelajagini porloq deb hisoblay olamiz. Ana shunda O‘zbekiston xalqaro maydondagi hozirgi mavqeini nafaqat saqlay oladi, balki, yanada katta rivojlanishga erishishi mumkin. Shunday emasmi?

-Albatta,  islohotlar oxirigacha amalga oshirilsa, bu biz uchun juda katta imkoniyat bo‘ladi. Buni faqatgina barcha sportchilar to‘g‘ri tushunib, mas’uliyatni his qila olsalar biz o‘ylagan maqsadimizga erishamiz.

-SHahrillo aka, mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur. O‘z navbatida, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan sizga va siz orqali O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Ishonamizki, 2018 yilgi taqvim rejasiga kiritilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarini yuqori saviyada o‘tkaza olamiz. Bu yurtimizda sportning ushbu turini yanada taraqqiy etishi va o‘z navbatida ommalashishiga xizmat qiladi.

Zafar Imomxo‘jayev suxbatlashdi

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:22, 23.03.2018.
O'qildi: 1858 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.