Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

O‘rtoqlik o‘yini. Terma jamoamiz Senegal bilan durang o‘ynadi

O‘rtoqlik o‘yini. Terma jamoamiz Senegal bilan durang o‘ynadi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Marokashning Kasablanka shahrida Senegal termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Bahsning 21-daqiqasida afriklik himoyachi o‘z jarima maydonchasi ichida Sardor Mirzayevga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Tunislik hakam hech ikkilanmasdan penalti belgiladi. Otabek Shukurov 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin senegalliklar tezlikni oshirishdi va bir nechta xavfli hujumlar tashkil etishdi. Ularning urinishlari 64-daqiqada o‘z samarasini berdi. Mussa Konate darvozamiz yaqinida to‘pni egalladi, To‘xtaxo‘jayev ta’qibidan qochdi va kuchli zarba bilan o‘z maqsadiga erishdi.

Terma jamoamiz bu o‘yinda g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmayev o‘yinning 84-daqiqasida bir himoyachini aldab o‘tib, 10 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza  to‘siniga tegib qaytdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 ishtirokchisiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida durangga imzo chekdi. Terma jamoamiz navbatdagi o‘yinni 27 mart kuni Marokashga qarshi o‘tkazadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
SENEGAL - O‘ZBEKISTON - 1:1
Gollar: Mussa Konate (64) - Otabek Shukurov (pen. 21)
Senegal: 16.Pape Seydu Ndiaye, 21.Lamin Gassama, 4.Fallu Diagne, 13.Alfred Ndiaye, 2.Papi Jilaboji, 11.SHeyk Ndoye, 24.Assane Diousee, 25.Santu Ngom, 14.Mussa Konate, 19.Bay Umar Niasse, 27.Pape Suare
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Akrom Komilov, Otabek Shukurov (Ikrom Aliboyev 67), Odil Hamrobekov, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov (Sardor Rashidov 86), Sardor Mirzayev (Jaloliddin Masharipov 58), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmayev 67)
Bosh hakam: Nuriddin Ja’fariy (Tunis)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:32, 23.03.2018.
O'qildi: 10333 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик