Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlitk uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hozirda Gollandiya dunyoning eng yaxshi terma amoalari qatoriga kirmasligi tayin. Shunig uchun cho‘qqi sari yangi yo‘l izlashimiz kerak. Shu bilan birga biz boshqa sxemada o‘ynayapmiz. Umid qilamanki, Portugaliyaga qarshi o‘yinda Angliya bilan o‘yindan yaxshiroq harakat qilamiz.
Portugaliya — ajoyib jamoa, uning safida dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bor. Bizda ham qachonlardir Ronaldu yoki Messi kabi futbolchilar paydo bo‘ladi. Ammo hozir bunday futbolchilar dunyoda ikkita", - deydi Kuman.
Gollandiya 27 mart kuni Portugaliya bilan o‘roqlik uchrashuvi o‘tkazadi.