«Manchester Siti» vinger Jek Grilishni yozgi transferlar oynasida sotishga tayyor. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» yangi bosh murabbiy Enso Mareska futbolchiga ikkinchi imkoniyat berishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga qaramay, Grilish bilan xayrlashishga tayyor. Klub rahbariyati uning avvalgi darajasini qayta tiklashiga ishonmayapti.
Shu bilan birga, Grilishga qiziqish bildirgan klublar orasida «Everton» ham bor. Angliyalik vinger o‘tgan mavsumni aynan ushbu jamoada ijara asosida o‘tkazgan edi.
Jek Grilish 2021 yilda «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan. Shundan buyon u klub libosida 157 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













