Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Karles Valderama: «Bizni buyuk mundial kutmoqda»

Karles Valderama: «Bizni buyuk mundial kutmoqda»

Baho:
+ | -

Kolumbiya futboli afsonasi Karlos Valderrama JCH-2018 startini intiq holda kutmoqda. Zero, uning o‘z hamyurtlaridan umida katta.

Futbolchilik faoliyati davomida nafaqat ajoyib harakatlari, balki o‘ziga xos soch turmagi bilan ham yaqqol ko‘zga tashlanib turgan Valderrama RT jurnalistlariga bergan intervyusida Rossiya Konfederasiyalar kubogi-2017 misolida mundialni yuqori darajada o‘tkazishga shay ekanligini to‘liq isbotlaganini ham alohida ta’kidladi.

— Avvalo, o‘zingizga bog‘liq savol: mundial vaqtida nega aynan RT telekanali bilan hamkorlik qilishni lozim topdingiz?

— Kolumbiya termasining jahon chempionati final raundiga yo‘l olgani shaxsan menga ham imkoniyat yaratdi. Aks holda, mundialda qaysidir maqomda ishtirok etmasdim. Endi zimmamda ulkan vazifa turibdi va unga tayyorman.

Zero, vatandoshlarim har safar ham JCHga chiqaverishmaydi. Shu ma’noda aytsam, bu galgi mundial kolumbiyaliklar uchun har tomonlama unutilmas bo‘lib qolishi kerak. Xususan, men ham yuzaga kelgan imkoniyatdan to‘laqonli foydalanishim shart.

— RT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, bir oy davomida Rossiyada bo‘lasiz. Bu vaqtda muxlislar sizdan aynan nimalarni kutishlari mumkin?

— Bu quvonchli damlarni baham ko‘rish imkoniyatidir. Kolumbiya terma jamoasi mundialdagi ishtirokini tugatgunicha butun mamlakatimiz turnirni diqqat bilan kuzatishi tayin. Vazifam aniq - eng sara yangiliklarni butun Janubiy Amerikaga yetkazish. Ochig‘i, bu missiya o‘ta muhim.

—JCH uchrashuvlarini Rossiya televideniyesida sharhlab borish siz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

— Buni chinakam sinov sifatida qabul qilyapman.

— Rossiyada ham nafaqat turnirni tashkillash, balki terma jamoalar va muxlislarni kutib olishga ham katta e’tibor qaratilishi aniq. Sizningcha, 4 yillikning eng yirik futbol forumi kutilgan saviyada o‘tadimi?

— Rossiya dastlabki sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi — Konfederasiyalar kubogining binoyidek tashkil etilgani muhim qadamdir. O‘sha turnir tashkilotchiligi JCH-2018 ishonchli qo‘llarda ekanligiga ishonch uyg‘otdi.

Menimcha, Konfederasiyalar kubogi vaqtida yaratilgan shart-sharoitlar sayyohlar, jurnalistlar va futbolchilarni birdek qoniqtirdi. Shaxsan men barchasiga optimistik ruhda qarayman va nav-batdagi JCH buyuk mundial sifatida tarixga kirishiga ishonaman.

— Qiziq, axborot olishda qaysi manbalardan foydalanasiz? Umuman, RT telekanali ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi?

— Ha, albatta. Axir barcha voqealardan boxabar yurish kerak-ku. Umuman, oliy darajadagi sportchilar TV va internetni muntazam ravishda kuzatib borishlari shart. Shaxsan men dunyodagi eng muhim yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishga odatlanganman.

— Kolumbiya termasi Braziliyadagi mundialda ancha yaxshi natijalarga erishdi. Jamoangizning Rossiya turniriga ham deyarli o‘sha tarkib bilan kelishi kutilmoqda. Sizningcha, kolumbiyaliklarda muxlislarni hayron qoldirish imkoniyati nechog‘li katta?

— Chindan ham, JCHdagi eng yaxshi natijamizni Braziliyada qayd etdik. Muhimi, o‘yinimiz kutilgan darajada chiqdi va hattoki, g‘alabaga yaqin keldik. Deylik, Braziliya termasiga qarshi o‘ynashimizga to‘g‘ri kelganida ham, o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsatdik.

Zero, musobaqa mezboni bilan bahslashish hamisha qiyin. Endigi vazifa — o‘sha natijani yanada yaxshilash. O‘ylaymanki, hozirgi jamoamiz bunga qodir. Tarkibda ayrim o‘zgarishlar yo‘q emas, menimcha, yangi o‘yinchilar saviyasi ham juda baland.

Umuman olganda, kolumbiyaliklar mudom optimistik kayfiyatda yurishadi. Xullas, barchamiz termamiz muvaffaqiyatiga ishonamiz.

— Kolumbiyada shunday tushuncha bor: «Futbol insonlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradi, qi-yinchiliklarni yengib o‘tish va mamlakatni ijobiy tomonga o‘zgartirib, jahonga tanitishga xizmat qiladi». Bu haqda nima deya olasiz?

— Darhaqiqat, shunday. Mamlakatimiz uzoq yillar davomida og‘ir iqtisodiy tanazzulni boshdan o‘tkazdi. Futbol esa barcha qiyinchiliklarni yengishimizga yordam berdi.

O‘sha og‘ir damlarda milliy jamoamiz jahon chempionatida 3 marta qatnashdi. Umuman, sport doim taraqqiyotga xizmat qiladi, Kolumbiyada esa aynan futbol birinchi raqamli sport turidir.

— Mabodo, Kolumbiya termasi jahon kubogini qo‘lga kiritsa, ajo-yib soch turmagingizni butunlay oldirib tashlashingiz mumkinmi?

— Yo‘q, chunki bu men uchun muqaddas xilqat.

— Tasavvur qiling, JCH finali, Kolumbiya termasi Germaniya jamoasiga qarshi, penaltilar seriyasidagi oxirgi zarba. Terma jamoangiz natijasi aynan soch turmagingizni oldirish-oldirmasligingizga bog‘liq...

— Savolingizga javob berib bo‘ldim: muqaddas narsalar daxlsiz qoladi, baribir.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:16, 27.03.2018.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.