Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Xayr, APL, salom, MLS! Yoxud Zlatan APLda qanday iz qoldirdi?

Xayr, APL, salom, MLS! Yoxud Zlatan APLda qanday iz qoldirdi?

Baho:
+ | -

Buyuk Zlatan Ibragimovich «MYU» bilan xayrlashib, okean ortiga yo‘l oldi. Xo‘sh, novcha shved APLda qanday iz qoldirdi? Unchalik yorqin emas, har holda, uning to‘liq kuch bilan o‘ynashiga jarohat atalmish «dushman» xaliqit berdi.

Aslida ekspertlar Ibragimovich bilan tuzilgan shartnoma «Yunayted» uchun oxirgi yillardagi eng omadlisi bo‘lishini taxmin qilishgandi. Ammo...

Jamoa safiga 2016 yili yozda qo‘shilgan Ibra barcha turnirlarda 53 marta maydonga tushib, 29ta gol urdi, 3ta sovrin yutdi. Shveddan eng ko‘p «nasiba»ni «Sautgempton» oldi - 4ta gol.

Manchesterda Romelu Lukaku paydo bo‘lganidan keyin esa, Joze Mourinyo nomdor goleadorga zaxira kuchi sifatida qaray boshladi. Misol uchun, u joriy mavsum Zlatanga atigi 193 daqiqa o‘ynash imkoniyatini berdi, xolos.

«Har qanday buyuk voqeaning ham yakuni bor. «Manchester Yunayted»da o‘tgan fantastik 2 mavsumdan keyin boshqa yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish vaqti keldi. Barchaga rahmat. «Qizil» abadiy!» - bu Ibragimovichning xayrlashuv so‘zi.

Shvesiya futboli faxri endi faoliyatini AQSHning «Los-Anjeles Geleksi» klubida davom ettiradi. «Zlatan - top-saviya. Bunday o‘yinchilar MLSga kelishsa, liga o‘z-o‘zidan kuchayadi», - degan edi okean orti futbolining yevropalik qaldirg‘ochlaridan biri Devid Bekxem yanvar oyidayoq.

Zlatan Ibragimovich «Los-Anjeles Geleksi» ixtiyoriga borgani hamono antiqa ishga qo‘l urdi. Shvesiyalik mag‘rur futbolchi Los-Anjeles shahridagi qabul uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida mahalliy gazetaning butun bir sahifasini sotib oldi.

Eng qizig‘i esa, katta sahifaga faqatgina 3ta ibora joylashtirildi: «Qadrli Los-Anjeles, arzimaydi». To‘g‘ri, buning ostida hujumchining ism-sharifi va imzosi ham bor.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:05, 28.03.2018.
O'qildi: 4732 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик