Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ayollar futboli: Mavsumning birinchi sovrini “Metallurg-W”da!

Ayollar futboli: Mavsumning birinchi sovrini “Metallurg-W”da!

Baho:
+ | -

To‘rtinchi marta o‘tkazilgan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi “Metallurg-W” jamoamizning ajoyib g‘alabasi bilan yakunlandi, deya xabar beradi "Metallurg" jamoasining rasmiy sayti.

 

2018 yilgi mavsumning katta futbol bo‘yicha birinsi sovrinini hamshaharlarimiz yutib olganligi bilan Bekobod ahlini, “Metallurg-W” jamoasining barcha muxlislarini tabriklaymiz!


JAR stadionining zahira o‘yingohida o‘tkazilgan bu yilgi Superkubok uchrashuvida mamlakatimizning amaldagi chempioni hamda O‘zbekiston Kubogi sohibi – Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘tgan yilgi kubok finalchisi poytaxtning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. O‘yin juda qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Yangi mavsumda g‘oliblikka asosiy da’vogarlar sanaluvchi jamoalar muxlisu mutaxassislar oldida o‘zlarini ko‘rsatish payida bo‘lishdi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, asosan pozision kurashga ko‘proq urg‘u berildi. Maydon markazida ko‘proq qaldirg‘ochlar ustunlik qilishgan bo‘lsa, bekobodliklarning himoya qo‘rg‘oni ishonchli o‘ynadi. O‘z navbatida “Metallurg-W”ning hujumlari raqiblarnikiga nisbatan xavfliroq ko‘rinish oldi.
O‘yin oldi hayajonini birinchi bo‘lib jilovlay olgan bekobodliklar 31-daqiqaga kelganda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Standart vaziyat gol bilan yakunlandi. Shu kuni bekobodliklarning pleymeykeri Feruza Turdiboyeva har jabhada jamoadoshlariga o‘rnak bo‘ldi. Uning burchakdan uzatgan to‘pi uchun Nozima Kamoltoyeva hamda Mahliyo Sarikovalar kurashga faol kirishganliklari bois “Bunyodkor” himoyachilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi va to‘p darvoza to‘ridan o‘rin egalladi – 1:0. Ammo bekobodliklarning xursandchiligi uzoq cho‘zilmadi. Oradan o‘n daqiqa vaqt o‘tgach “Metallurg-W” ning sobiq hujumchisi, milliy chempionatlarimiz to‘purari va rekordchisi Lyudmila Karachik bekobodliklar himoya chizig‘ini markazdan yorib o‘tdi va hisobni tenglashtirdi.


Tanaffusda murabbiylardan kerakli ko‘rsatmani olgan “Metallurg-W” qizlari himoyaga e’tiborni yanada kuchaytirishdi. Qarshi hujum taktikasi esa qaldirg‘ochlarni muntazam ravishda ortda qaytishga majbur etdi. Ayniqsa Dildora Nozimova hamda Mahliyo Sarikovalar tandemi “Bunyodkor-vumen” himoya qo‘rg‘oni vakillarini “rosa charchatdi”. Ular bir necha marta markazdan qochib ketib, gol kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ammo faqat bir marta, 70-daqiqadagi hujum samara berdi. Chap qanotdan Nozima Ergashevaning reydi gol bilan yakunlandi – 2:1. Bu hisob esa o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi va “Metallurg-W” xuddi “Sevinch” singari Superkubokni boshi uzra ikkinchi marta ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayollar futbolida faqatgina Superkubok musobaqasida “Sevinch”ning gegemonligiga “Metallurg-W” barham bera oldi. O‘ylaymizki, bu yil mamlakat chempionati hamda O‘zbekiston kubogi bahslarida ham bugungidek murosasizlik kuzatiladi. Bu esa muxlislar uchun unutilmas lahzalarni, qiziqarli o‘yinlarni taqdim etadi.

“Metallurg-W” jamoasi qizlarini, murabbiylar shtabini va barcha muxlislarini, klub rahbariyati va Bekobod ahlini yana bir marta ajoyib yutuq bilan muborakbod etamiz!

O‘zbekiston Superkubok o‘yini.
“Bunyodkor-W” – “Metallurg-W” – 1:2 (1:1). JAR stadioni.
Hakamlar: Edita Mirobidova (Toshkent), Zilola Rahmatova (Qarshi), Kristina Sereda (Toshkent), Anna Sidorova (Toshkent).
Nazoratchi – Ro‘zim Davlatmurodov (Toshkent).
Gollar:0:1 – Luiza Sadirova (33-avtogol), 1:1 – Lyudmila Karachik (41), 1:2 – Nozima Ergasheva (70).

“Bunyodkor-W”:1. Olga Qahhorova, 9. Dilnoza Bektemirova, 10. Saida Galimova, 14. Marina Kosnikova, 15. Umida Zoirova, 19. Mariya Moiseeva (11. Yekaterina Salnikova, 65), 22. Soliha Husniddinova, 68. Rushaniya Safina, 77. Luiza Sadirova, 91. Tojiniso Rashidova (99. Ozoda Hojiyeva, 77), 94. Lyudmila Karachik.
Zahiradagilar:12. Ziyoda Iristoyeva, 5. Anzila Yermakova, 8. Nargiza Abdurasulova, 13. Lidiya Sema, 17. E’zoza Sharipova.
“Metallurg-W”:1. Gulandom Boymatova, 6. Iroda Turdaliyeva, 9. Mahliyo Sarikova, 10. Feruza Turdiboyeva, 11. Dildora Nozimova, 19. Nozima Ergasheva, 20. Zumrad Nazarova, 21. Xolida Dadaboyeva, 22. Mavluda Munavvarova, 77. Nozima Kamoltoyeva, 99. Diyora Erkinova (4. Jessika Kruchinina, 64).
Zahiradagilar:30. Nigora O‘zganova, 8. Nigina Jamolova, 18. Yulduz Nabiyeva, 23. Diyora Habibullayeva.

Ogohlantirishlar:Zumrad Nazarova (6), Mavluda Munavvarova (27), Dilnoza Bektemirova (58).

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 06:34, 29.03.2018.
O'qildi: 2133 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.