Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

APL eng yaxshi chempionat! Yo‘q deysizmi? Marhamat, 10ta fakt

APL eng yaxshi chempionat! Yo‘q deysizmi? Marhamat, 10ta fakt

Baho:
+ | -

CHL-2017|2018 yarim finalida APLning 1tagina vakili ishtirok etadi, Primeroning esa 3ta jamoasida shunday imkoniyat bor.

Vaholanki, Angliya chempionatining naq 5ta klubi «pley-off»ga yo‘l olgan va ilk raundni ham muvaffaqiyatli o‘tkazgandi. Biroq 1|8 final o‘yinlari inglizlar uchun og‘ir kelib, undan faqat «Manchester Siti» hamda «Liverpul» omon chiqdi, xolos.

Shunga qaramay, APL muxlislar nazdida eng kuchli birinchilik bo‘lib qolaveradi, baribir. Bunga dalillar ham yetarli.

1-fakt: yulduzlar

Xorvatiyalik murabbiy bir yilcha oldin Angliya Prem-er-ligasini MBAga qiyoslagandi. U o‘shanda yuqori raqobat va «Har bir klub xohlagan raqibni yengishi mumkin» tushunchasini nazarda tutgan, albatta.

Aslida xohlagan ligada autsayder jamoa sovrinlarga da’vogarlarni «oyog‘idan chalib» qolishi mumkin. «Yulduzlar makoni» nuqtai nazari bilan qaraganda esa, APL aynan MBAning 100 foizli o‘xshashidir. Garri Keyn, Pol Pogba, Eden Azar, Kevin de Bryuyne, Zlatan Ibragimovich, Mesut Ozil, Aleksis Sanches, Muhammad Saloh, Rahim Sterling, N`Gole Kante, Alvaro Morata...

Hattoki, turnir jadvalining oxirgi pog‘onalarida borayotgan jamoalar tarkibida ham nomdor o‘yinchilar ko‘p.

2-fakt: murabbiylar

- Angliya ligasini murabbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qiyoslash mumkin, - degandi Arsen Venger o‘tgan yili. Chindan ham, shunday. Ayniqsa, Antonio Konte va Xosep Gvardiola kabi «nahang»larning APL murabbiylari qatoriga qo‘shilishgani o‘ziga xos «intriga»ni yuzaga keltirdi. Xullas, ko‘pni ko‘rgan fransuz mutaxassisi to‘la haq:

Premyer-liga o‘z-o‘zidan eng izzattalab murabbiylar uchun ideal chorlov maydoniga aylandi. Axir «Bavariya» bilan Bundesligada g‘olib chiqish yoki «PSJ»ni Liga 1 taxtiga ko‘tarish va deylik, «Chelsi»ni Angliya chempioni bo‘lishini ta’minlash o‘rtasida katta farq bor. Umuman, Angliya birinchiligi - chinakam «aql jangi».

Misol uchun, yaqin o‘tmishda «Real»ni boshqargan, Chempionlar Ligasi-2005ning fantastik finalida «Liverpul» bilan zafar nashidasini surgan Rafael Benites o‘tgan yili «Nyukasl»ni Chempionshipdan elit divizionga ko‘tardiyu, kuchlilar qatorida misli ko‘rilmagan qiyinchiliklarga yuz tutdi.

3-fakt: tomoshaboplik

Ha, joriy mavsum «Manchester Siti» yaqqol kuchli ekanligini isbotlamoqda, lekin bu «shaharliklar»ning raqobatdan xoli ekanliklarini anglatmaydi sira. Aksincha, «Siti»ning qolganlardan oldinlab ketgani ham Premyer-liga buyukligiga yana bir dalil.

Qaysi ma’nodaki, Angliyada ham xuddi Ispaniyadagi kabi haqiqiy kosmik jamoa bor. Tan olaylik, Xosep Gvardiola yo‘lga qo‘ygan o‘yin kinoteatrlarda namoyish etishga arziydi. Bunga «Arsenal» va «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal», shuningdek, «Bornmut» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi gollivudcha syujetli o‘yinlarni qo‘shish mumkin.

Yana bir fakt shuki, APLda nafaqat sermahsul futbol hukmron, balki so‘nggi daqiqalar «intriga»si ham juda baland. Ya’ni oxirgi lahzalarda urilgan gollar tez-tez vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuboradi.

4-fakt: raqobat

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:46, 31.03.2018.
O'qildi: 8987 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.