Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

De Dzerbi: «Oldinda yana bir transfer bombasi bor»

De Dzerbi: «Oldinda yana bir transfer bombasi bor»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiy Roberto de Dzerbi London klubi transfer bozorida faol ish olib borishni davom ettirayotgani va yana bir shov-shuvli xaridni tayyorlayotganini ma’lum qildi.

Shu yozda «shporlar» tarkibni allaqachon 6 nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirib, transfer rekordini ikki marta yangilashga ulgurishdi.

«Biz transfer loyihamizning taxminan 60 foizini amalga oshirib bo‘ldik. Oldinda yana bir transfer bombasi kutib turibdi», — dedi mutaxassis The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Kelishuv yakunlanishga yaqinmi, degan savolga murabbiy shunday javob berdi:

«Umid qilamanki, shunday, ammo hozircha hech narsa tugallangani yo‘q».

Manbaning xabar berishicha, «Tottenxem» uchun asosiy variantlardan biri «Manchester Siti» vingeri Savinyo bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, De Dzerbi tomonidan e’lon qilingan «bomba» hujum chizig‘ini yanada yirikroq kuchaytirish bilan bog‘liqligi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:51, 30.07.2026.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик