Zo‘r TV bugun, 22 avgust kuni Ispaniya La Ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Espanyol" — "Real" uchrashuvini jonli efirda namoyish etadi.
Bahs Barselona yaqinidagi "RCDE Stadium"da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da (23 avgustga o‘tar kechasi) boshlanadi. Ispaniyada esa o‘yin 21:30 ga belgilangan.
"Espanyol" birinchi turda "Levante"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan. "Real" esa Joze Mourinyo qo‘l ostida yangi mavsumdagi ilk La Liga o‘yinini o‘tkazadi. Madridliklarning 1-turdagi uchrashuvi JCH-2026 sabab taqvimdagi o‘zgarishlar tufayli keyinroqqa qoldirilgan.















