Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

O‘zFHM: "Paxtakor" – "Surxon" bahsida xato qilgan VAR hakami jazolandi

O‘zFHM: "Paxtakor" – "Surxon" bahsida xato qilgan VAR hakami jazolandi

Baho:
+ | -

Ekspert hakamlar guruhi Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Surxon" uchrashuvidagi bahsli vaziyat bo‘yicha xulosasini e’lon qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan, VAR hakami sifatida Ravshan Abduvohidov ishlagan.

90+4-daqiqada "Paxtakor" tomonidan kiritilgan gol VAR tekshiruvidan keyin bosh hakam tomonidan bekor qilingan.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, ushbu epizodda VAR hakami xatoga yo‘l qo‘ygan. Xususan, Ravshan Abduvohidov bosh hakamni vaziyatni monitor orqali shaxsan qayta ko‘rib chiqishga chaqirmagan va shu tariqa VAR protokoli talablarini buzgan.

Natijada bosh hakam epizodni monitorda ko‘rmasdan, VAR hakami bergan ma’lumot asosida golni bekor qilgan.

VAR protokoli talablarini buzgani inobatga olinib, Ravshan Abduvohidov mavsum yakuniga qadar VAR hakami sifatida ishlashdan chetlatildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 11:06, 22.08.2026.
O'qildi: 1989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик