Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Alvaresdan voz kechdimi? Flik transferlar haqida gapirdi

«Barselona» Alvaresdan voz kechdimi? Flik transferlar haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik jamoaning yangi markaziy hujumchi xarid qilish borasidagi rejalari hamda «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresga qiziqish haqidagi savolga javob berdi.

Germaniyalik mutaxassis La Ligadagi yangi mavsumning ilk uchrashuvi — «Elche»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida boshqa klub futbolchilarini muhokama qilishni istamasligini ta’kidladi.

«Men boshqa klublarga tegishli futbolchilar haqida gapirmayman. Biz faqat o‘z jamoamiz futbolchilari haqida gapiramiz.

Men va Deku har kuni muloqot qilamiz. Bizning vazifamiz — jamoani yanada kuchaytirish va hamma narsani klub hamda jamoa manfaatlari uchun qilish.

Bu biror futbolchi yoki men haqimda emas — hamma narsa jamoa uchun.

Men, Deku va yana bir necha kishi jamoaga aynan nima kerakligini aniq bilamiz. Bu juda muhim. Deku ajoyib ish qilmoqda», — dedi Flik.

Kiritildi: 16:05, 22.08.2026.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик