"Barselona" yozgi transfer oynasida amalga oshirgan qator operasiyalari orqali La Liganing moliyaviy feyr-pley qoidalari doirasida katta zaxira yaratdi.
La Vanguardia jurnalisti Anais Marti ma’lumotiga ko‘ra, Robert Levandovski, Ansu Fati, Markus Reshford va Ferran Torresning jamoadan ketishi, Ronald Arauxoning ijaraga berilishi, shuningdek, Andreas Kristensen bilan shartnoma shartlarining qayta ko‘rib chiqilishi va yoshlar jamoasidagi ayrim futbolchilarning sotilishi klubga 100 mln yevrodan ortiq moliyaviy bo‘shliq yaratgan.
Ayniqsa, Levandovskining ketishi muhim ahamiyat kasb etdi — uning transferi orqali "Barselona" maosh jamg‘armasida 40 mln yevrodan ortiq mablag‘ni bo‘shatgani xabar qilingan. Natijada kataloniyaliklar La Liganing "1:1" qoidasiga qaytib, yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda avvalgi yillardagi kabi jiddiy muammolarga duch kelmadi.













