«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Xall Siti»ga qarshi uchrashuvda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi. 17-daqiqada mezbonlar himoyachisi Semi Ajayi burchak zarbasidan keyingi vaziyatda hisobni ochdi.
Ushbu golli vaziyatda «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayrning harakati e’tiborni tortdi. Raqib futbolchisini qo‘riqlash o‘rniga u jamoadoshi Brian Mbeumoni ikki qo‘li bilan ushlab turgan. Natijada Mbeumo darvozabon Senne Lammens qaytargan to‘pga birinchi bo‘lib yetib borgan Ajayiga xalaqit bera olmadi.
«Hall Siti» keyinchalik Nobel Mendi goli evaziga ustunligini oshirdi va birinchi bo‘limni 2:0 hisobida yakunladi.













