Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

JCH tarixida 1-marta o‘zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

JCH tarixida 1-marta o‘zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

Baho:
+ | -

Shu yilning 14 iyun kuni Rossiya federasiyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi. Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qilgan bo‘lib, bu ro‘yxatda hamyurtlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar borligi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

FIFA tashkilotidan yana bir xushxabar keldi: Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassis mundial o‘yinlarida komissar sifatida ishlaydi.

O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan holda, O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani o‘z samarasini bermoqda. Shu hamkorlik natijasida FIFA tashkiloti o‘zbekistonlik mutaxassislarga Xalqaro musobaqalarda ishlash uchun imkoniyat taqdim etyapti.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCH-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ladi.

“Albatta, FIFA tomonidan kelgan taklifdan juda xursandman. Bu juda katta ishonch va shu bilan birga katta mas’uliyat ham. O‘z o‘rnida yurtimizda futbolga hukumat darajasida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlagan holda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahabariyati tomonidan futbolni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida qayd etish kerak.

Bu islohotlar natijasida biz kabi mutaxassislarga yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilmoqla. Biz bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilishga va’da beramiz”, - deydi Olim Arifov.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:40, 01.04.2018.
O'qildi: 6914 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.