3 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-tur o‘yinlari doirasida BAAning “Al Vahda” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Bugun, 2 aprel kuni mazkur o‘yin oldidan bir qator o‘yinoldi tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00da) har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tadi. Unda o‘yin kuni tomonlar qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari masalasiga oydinlik kiritiladi.
So‘ng mahalliy vaqt bilan soat 16:00da “Lokomotiv” jamoasi ustozi va bir nafar yetakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00dan boshlab esa “Lokomotiv” futbolchilari o‘yin bo‘ladigan “Zayed Sports City” o‘yingohida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazishadi.
Ta’kidlab o‘tamiz, “Al Vahda” – “Lokomotiv” o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:10da “Zayed Sports City” stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Real» 3 nafar yarim himoyachisini transferiga blok qo‘ydi [4574]
Arbeloa to‘xtamayapti: “Fulhem” endi “Barselona” futbolchisini transfer qilmoqchi [3605]
«PSJ» Arda Gyuler uchun katta taklif yubordi [3476]
«Real»da Endrik bo‘yicha qaror qabul qilindi [3118]
«Man Siti» Rodri o‘rniga angliyalik yarim himoyachini nishonga oldi [2598]
«Atletiko» Alvaresdan uzr so‘rashini kutmoqda [2581]
Ferran Torres: «Finalning so‘nggi besh daqiqasida butun e’tiborimni Messiga qaratdim» [2562]
Messi otasining vafotidan so‘ng "Inter Mayami"dagi faoliyatini to‘xtatdi [2204]
«Barselona» Rodri bo‘yicha yangi taklif bildirdi [1794]
"Arsenal" yozgi transfer oynasi yopilishi oldin uchta transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda [1553]













