Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

YECHL. «Bavariya» safarda irodali g‘alabaga erishdi

YECHL. «Bavariya» safarda irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining chorak finalidagi to‘qnashuvlardan yana birining  taqdiri deyarli hal bo‘ldi. "Sevilya" - "Bavariya" juftligida ispaniyaliklarning imkoniyati pastroq baholanayotgan edi. Ammo "Sevilya" bahs boshidan tajovuzkor o‘yin namoyish qila boshladi va hisobni aynan andalusiyaliklar ochishdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Eskudero chap qanotdan uzatma berdi. Sarabiya esa himoyachilarni ortda qoldirib, darvozani ishg‘ol qildi. "Bavariya" tezda o‘ziga kelib olib, 5 daqiqadan keyin muvozanatni tikladi. Xamesning uzatmasidan keyin Riberi darvoza tomon unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi, ammo to‘p Xesus Navasning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Montella shogirdlari yana hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi, ammo Franko Vaskes bo‘sh darvozaga yo‘llagan zarbani Xavi Martines qaytarib qolishga erishdi. O‘yinning 68-daqiqasida Riberi chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Alkantara bosh bilan zarba berdi. To‘p esa Eskuderoning oyog‘idan to‘rga borib tushdi. Hakamlar bu golni "Bavariya" futbolchisi hisobiga yozishdi.

Myunxenliklar safardan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘lishdi. Bu esa "Bavariya"ning imkoniyatlarini oshirib yubordi. Javob bahsi 12 aprel kuni "Alyans Arena"da bo‘lib o‘tadi.

YECHL, chorak final
Sevilya Ispaniya – Bavariya Germaniya 1:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 32 Sarabiya, 1:1 – 37, avtogol Navas, 1:2 – 68 Alkantara.
Sevilya – Soriya, Langle, Kyer, Eskudero, Navas, Pisarro, Nzonzi, Vaskes, Sarabiya, Korrea (Sandro Ramires, 78), Ben-Yedder (Muriel, 80).
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Xummels, Bernat (Rafinya, 46), Martines, Vidal (Xames, 36), Kimmix, Alkantara, Riberi (Robben, 79), Myuller, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Riberi (13), Korrea (15), Bernat (34), Myuller (85), Pisarro (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:41, 04.04.2018.
O'qildi: 5168 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.