Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

“Lokomotiv” yoshlari Turkiyada peshqadam, “Nasaf” o‘smirlarining ham Qatardagi natijasi yomon emas

“Lokomotiv” yoshlari Turkiyada peshqadam, “Nasaf” o‘smirlarining ham Qatardagi natijasi yomon emas

Baho:
+ | -

Yurt futboli rivoji haqida gap ketar ekan, birinchi galda barchasiga poydevor atalmish bolalar futboliga e’tiborli bo‘lish lozimligini mamlakatimizda bolalar futboliga qaratilayotgan g‘amxo‘rlik misolida ko‘rish mumkin. Ayniqsa, futbolimizda yuz bergan va berayotgan islohotlarning eng avvalida aynan bolalar va o‘smirlar futboli turganligini alohida e’tirof etish joiz.

Ayni soatlarda Respublikamizning turli hududlarida boalar va o‘smirlar o‘rtasida  turli mavqedagi musobaqalar avj olayotgan paytda ikki klubimizning ikki-uchtadan yosh toifadagi jamoalari xorij mamlakatlardagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishmoqda. 

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘tgan yili Qatar futbol Uyushmasining prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniy bilan uchrashuvi va unda imzolangan memorandumga ko‘ra “Nasaf” futbol maktabining uchta yosh toifadagi jamoasi ayni paytda Qatardagi dunyoga mashhur “Aspire” akademiyasi tashabbusi bilan an’anaviy o‘tkaziladigan Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi musobaqada qatnashmoqda. 

Nurali Sultonov va Nasim Shoyimov murabbiyligidagi 2000 yilda tug‘ilganlar, Pavel Kshnyakin ustozligidagi 2001-2002 yilda tug‘ilganlar hamda  Umar Rahmatullayev va Jasur Ibrohimov bosh murabbiylik qilayotgan 2003 yilda tavallud topgan futbolchilar bittadan o‘yinlarini o‘tkazib bo‘lishdi.

Tunisning “Etoulie Du Sahel” akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushgan qarshiliklarning 18 yoshdagi guruhi uchrashuvni 2:2 hisobi bilan tugatgan holda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi – 3:4.

“Nasaf”ning 17 yoshlilardan iborat vakillari esa raqiblari bilan durang o‘ynadilar va bu safar qarshiliklar penaltini  o‘z foydalariga hal etishdi – 4:3. 15 yoshli vakillarimiz esa teng kurashlar ostida kechgan o‘yinda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Qatarda yutuq va mag‘lubiyatlar qayd etilayotgan paytda Turkiyadagi yoshlarimiz raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqishmoqda. Gap “Lokomotiv” klubi tarbiyalanuvchilari haqida boryapti. 

Klubning 2006 va 2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlaridan iborat ikki toifadagi jamoasi Turkiyada o‘tkazilayotgan an’anaviy “Sidestar” musobaqasida ishtirok etmoqda.  Turnirda Rossiya, Germaniya, Ruminiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Suriya  va O‘zbekistondan tashrif buyurgan jamoalar  beshta yosh doirasida (2006-2010 yillarda tug‘ilganlar) qatnashmoqda. “Lokomotiv”ning 12 yoshlilar jamoasi o‘z guruhida “Vatan” (Boku), “Ajariya” (Batumi), “Gokturk Saroy” (Istanbul), “Manavgatspor” (Antaliya), “Bursa Milletspor” (Bursa), “Bursa Zaferspor” (Bursa) jamoalari bilan bahs olib boryapti. 8 yoshlilar esa ikki tarkibi bilan “Lokomotiv” (Moskva), “Kazanka” (Moskva), “Oltin Toj” (Ashxabod), “Gokturk Saroy” (Istanbul) hamda “Manavgatspor” (Antaliya) jamoalariga qarshi maydonga tushyapti.

“Side star Sup” musobaqasida ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda

“Lokomotiv”ning  U-12 jamoasi  avvaliga raqiblari “Ajariya” (Batumi)ni  5:2 hisobida taslim etgandi, kecha esa Ozarbayjonning “Vatan” jamoasini ham yirik hisobda mag‘lub etishdi - 7:2.   “Lokomotiv-1” (U-8) esa moskvalik nomdoshlarini  9:4 hisobida yengishning uddasidan chiqishdi.

"Lokomotiv" U-12 a’zosi, ikki tur yakuniga ko‘ra turnirning to‘purarlar karvoniga sarbonlik qilayotgan hujumchi Raxmatulla Tillayev to‘p uchun kurashda raqibini yengmoqda. Turnir davom etmoqda.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:05, 04.04.2018.
O'qildi: 3223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик