Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Superliga legionerlari – bir bosh ustun bo‘ling! (fotogalereya)

Superliga legionerlari – bir bosh ustun bo‘ling! (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Odatda, biror-bir klub tarkibini xorijlik futbolchi bilan to‘ldirish chog‘ida uning mahalliy o‘yinchilardan bir bosh ustun bo‘lishini xohlaydi.

Xo‘sh, Superliga jamoalari safida shunday legionerlar bormi? Ha, o‘tgan 3ta tur bahslarini kuzatarkanmiz, murabbiylar bildirgan ishonchni oqlab, yangicha taqvimda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida o‘ziga yarasha nom qoldirishga urinayotgan legionerlar yetarli ekaniga guvoh bo‘ldik?

Quyida ularning ayrimlari haqida so‘z boradi. Darvoqe, ushbu ro‘yxatda «Metallurg» va «So‘g‘diyona»dan vakil yo‘qligini eslatib o‘tmoqchimiz.

«Lokomotiv»

Rodriges Nivaldo (Braziliya)

OCHLning dastlabki o‘yinida o‘zidan yorqin taassurot qoldirgan hujumchi jarohat sabab keyingi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Lekin asosiysi, Nivaldoning harakatlari muxlislarga yoqdi.

Unda braziliyalik futbolchilarga xos texnik salohiyat, o‘yinni o‘qiy olish xususiyati borligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Superligaga moslashish jarayonini boshdan kechirayotgan forvardning keyingi bahslarda «Lokomotiv»ga foydasi tegishiga ishonchimiz komil.

«Nasaf»

Slavko Lukich (Serbiya)

«Ajdarlar»ning o‘tgan yilgi to‘purari Dragan Cheran jarohat olgach, hamyurti Slavko Lukich uning yo‘qligini bilintirmayapti. Garchi «Nasaf»ning yangi legioneri himoya chizig‘ida to‘p sursada, ko‘p hollarda hujumga o‘tib, raqiblar darvozasini ishg‘ol qilmoqda.

Qolaversa, Qarshi klubida standart vaziyatlar ijrosi ham aynan Lukichga ishonib topshirilmoqda. Slavkoning ortda qolgan 3ta turda o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ygani ko‘p narsadan dalolat bermoqda.

«Paxtakor»

Ismoil Gonsalvesh (Portugaliya)

Joriy mavsum boshida «sherlar» safini to‘ldirgan hujumchi oldingi chiziqdagi faolligi bilan ajralib turibdi. Qolaversa, penalti tepish mas’uliyatini ham to‘liq o‘z zimmasiga olayotgan Gonsalvesh «nuqta»dan ikki marta to‘p kiritishga ulgurdi.

Kuzatishda davom etamiz, balki Ismoil o‘yindan gol urishni ham qoyillatar?! Zero, «Paxtakor» safida unga boshqa bir legioner - braziliyalik Tiago Bezerra sheriklik qiladi.

«Bunyodkor»

Filip Rayevas (Serbiya)

O‘tgan mavsum «Qo‘qon-1912»da to‘purarlik xususiyatlarini namoyish etgan forvardning hozircha «Bunyodkor»da u qadar ishlari yurishmayapti. Lekin afsuslanishga hojat yo‘q, zero Superliga endigina avj pallasiga kirmoqda.

Hali oldinda uchrashuvlar ko‘pligi hamda «qaldirg‘ochlar» safida ajoyib pleymeykerlar borligini hisobga olsak, Rayevas o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishi turgan gap.

AGMK

Yovan Jokich (Serbiya)

«Paxtakor»da penalti tepish huquqi Ismoil Gonsalveshga ishonib topshirilayotgan bo‘lsa, AGMKda bu vazifani Yovan Jokich a’lo darajada uddalamoqda.

Xullas, mamlakatimizda to‘p surayotgan serbiyalik futbolchilar safi yana bir yuksak mahorat sohibi hisobiga to‘ldirildi.

«Buxoro»

Sergey Ruseskiy (Belarus)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:55, 05.04.2018.
O'qildi: 3889 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.