Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Prevyu. «Metallurg» – «So‘g‘diyona»

Prevyu. «Metallurg» – «So‘g‘diyona»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 5-tur doirasida “So‘g‘diyona”  Bekobodda “Metallurg” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. E’tiboringizga jamoalarning Bekoboddagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

O‘TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davra 7-turida “So‘g‘diyona” mehmonda “Metallurg”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsning 9 daqiqasida Islom Qobilov hisobni ochgan edi. 21 daqiqada Doston Tursunov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, 49 daqiqada G‘ulom O‘runov hisobni penaltidan qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan edi. 54 daqiqada Jahongir Abdumo‘minovning oshirib bergan to‘pini Mirg‘iyos Sulaymonov darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa o‘yinda 3:1 hisobda “Metallurg” g‘alaba qozongan edi.

Ikkinchi davra 25-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi. Bahsning 37 daqiqasida Izzatilla Abdullayev hisobni ochgan bo‘lsa, 46  daqiqada Ayubxon No‘monov  hisobni tenglashtirdi. Sanjar Rashidov 80 daqiqada jarima zarbasidan unumli foydalanib gol kiritdi.  Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida (90+3) Izzatilla  Abdullayev hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Alisher Ziyovutdinov (90+6) gol kiritdi.  O‘yin 3:2 hisobida jamoamiz g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘YINNI  ZOKIR QODIROV   BOSHQARADI 

“Metallurg” – “So‘g‘diyona”

Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), O.Jumayev (Navoiy), S.Abdurahmonov (Toshkent).

Nazoratchi – F.Abdullayev (Toshkent).

Komissar – L.Qo‘chqorov

O‘ZARO USTUNLIK
“Metallurg” hamda “So‘g‘diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan.“Metallurg” hisobida 12 ta, “So‘g‘diyona” hisobida 13 ta g‘alaba mavjud. 7 o‘yinda  durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  45:48. “Metallurg”  o‘zaro o‘yinlarda 43 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa , “So‘g‘diyona” 46 ochkoni qo‘lga qiritgan.  “Metallurg”ning eng yirik g‘alabasi 4:2, “So‘g‘diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  ham 4:0

 “Metallurg” maydonida so‘nggi 5 yilda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

12.05.2017 «Metallurg» – «So‘g‘diyona» 3:1
05.03.2016 «Metallurg» – «So‘g‘diyona» 2:1
26.08.2015  «Metallurg» – «So‘g‘diyona» 1:2
14.05.2014 «Metallurg» – «So‘g‘diyona» 2:1
20.04.2013 «Metallurg» – «So‘g‘diyona» 0:2

O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Bekoboddagi 16 ta o‘yindan 11 tasida “Metallurg” , 2tasida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

O‘YIN VAQTI VA JOYI
Yoshlar ligasi bahsi 5 aprel kuni soat  16:00 da A.Anoxin  stadionida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 6 aprel  kuni 20:00 da “Metallurg” stadionida o‘tkaziladi.

FUTBOLCHILAR HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOT

Bir necha yillar davomida “Metallurg” sharafini himoya qilib kelgan Dilmurod Karimov, Jahongir Abdumo‘minov, Alisher Ziyavuddinov, Doniyor Odilovlar ilk bor sobiq jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

“So‘g‘diyona” PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcsogdiana.uz
Kiritildi: 20:54, 05.04.2018.
O'qildi: 1907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.