Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Superliga: “Neftchi” o‘z stadioniga turning eng ko‘p tomoshabinini yig‘di, ammo yana mag‘lubiyatga uchradi

Superliga: “Neftchi” o‘z stadioniga turning eng ko‘p tomoshabinini yig‘di, ammo yana mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

“Neftchi” – “Buxoro” o‘yini bilan Superliganing 6-turiga yakun yasaldi. Ushbu turda aynan “Neftchi” stadionga muxlis yig‘ish borasida peshqadam bo‘ldi – “Buxoro”ga qarshi o‘yinda 14200 nafar ishqiboz uchrashuvni bevosita stadionning o‘zida turib kuzatdi.

Biroq deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda maydon egalari yana mag‘lubiyatga uchradi. Ketma-ket hujumlar uyushtirgan buxoroliklar o‘yin tugashiga 5-6 daqiqa qolganida maydonga tushganiga besh daqiqa bo‘lmagan Aziz Ibragimovning boshi bilan kiritgan goli evaziga muhim uch ochkolik bo‘lib olishdi.

Tomoshabin yig‘ish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan “Nasaf” (13071) ko‘pming sonli muxlislarini navbatdagi g‘alaba bilan xursand eta oldi – amaldagi chempion “Lokomotiv”ni ochkosiz kuzatib qo‘ydi.

“Paxtakor” o‘z maydonidagi oson kechmagan uchrashuvda “Qizilqum”dan ustunlikka erishgan bo‘lsa, AGMK Olmaliqda “Qo‘qon-1912” bilan durang o‘ynadi – 0:0...  

AGMK – “QO‘QON-1912” - 0:0

12 aprel. Olmaliq o‘ahri. ASHMK stadioni. 8977 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Artem Kalinin (Qarshi).

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Xojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov, Shoxnazar Norbekov, Lutfulla To‘rayev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Vadim Chemirtan (Kamoliddin Murzoyev, 87).

"Qo‘qon-1912": O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Jamshid Hasanov, Nosirbek Otaqo‘ziyev, Javohir Siddiqov (Oybek Rustamov, 55), Quvondiq Ro‘ziyev (Dostonbek Meliqo‘ziyev, 90+1), Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich, Marko Milich, Milan Spremo (Muhammadanas Hasanov, 57).

Ogohlantirishlar: SH.Norbekov (23), V.CHemirtan (50), L.To‘rayev (77).

Nazoratchi – Alisher Abdullayev (Toshkent).

Komissar – Roman Chernikov.

 

“PAXTAKOR” – “QIZILQUM” - 2:1 (1:0).

12 aprel 2018. Toshkent. "Paxtakor" markaziy stadioni. 10241 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Olim Abduvasilov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent).

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Azim Ahmedov (Stanislav Andreev, 66), Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov,  Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov, 81), Jasur Yaxshiboyev (Bahrom Abdurahimov, 64), Vladimir Kozak, Marko Simich, Tiago Bezerra,

"Qizilqum": Erkin Jabborov, Erkin Boydullayev, Georgi Kvesiyeshvili, Nodir Kamolov (Samandar Shodmonov, 54), Doniyor Usmonov (Akmal Rustamov, 66),Fayzullo Qambarov,  Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Mirjalol Qosimov, Nemanya Yovanovich.

Gollar: T.Bezerrv (34), I.Gonsalvesh (76-pen.) – N.Yovanovich (62-pen.).

Ogohlantirishlar: SH.A’zamov (61), D.Rahmatullayev (68) – E.Jabborov (75).

Nazoratchi -  Radik Serazitdinov (Toshkent).

Komissar – Baxtiyor Namozov.

 

“NEFTCHI” – “BUXORO” - 0:1 (0:0). 

12 aprel. Farg‘ona shahri. "Istiqlol" stadioni. 14200 tomoshabin.

Hakamlar: Axrol Risqullayev (Toshkent), Rishad No‘’monov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent).

“Neftchi”: Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po‘latov, Jalil Kimsanov, Otabek Ahmadjonov, Abbosbek Maxstaliyev (Murodbek Bobojonov, 67), Abdul Aziz Yusupov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov (Anvar Berdiyev, 83), Avaz Agaliyev, Doston Tursunov (Husniddin G‘ofurov, 29).

"Buxoro": Asilbek Amanov, Marko Klisura, Salamat Quttiboyev, Shavkat Salomov (Aziz Ibragimov, 80), San’at Shixov, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov (Bahodir Nasimov, 58), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov (Rahmatullo Berdimurodov, 60), Javohir Qahramonov, Sergey Ruseskiy.

Gol: A.Ibragimov (84).

Ogohlantirishlar: A.Maxstaliyev (32) – SH.Mullajonov (55), M.Klisura (62), S.Ruseskiy (64).

Nazoratchi – Dmitriy Roman (Toshkent).

Komissar – Ma’mur Saidqosimov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:47, 12.04.2018.
O'qildi: 5533 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.