Italiya chempionatining 31-turida "Torino" - "Inter" uchrashuvi styuardining qoratalog‘i operasiya yo‘li bilan olib tashlandi.
"Inter" yarimhimoyachisi Antonio Kandreva tepgan jarima zarbasi darvozaga aniq bormadi va to‘p 25 yoshli ishchiga borib tegdi.
Styuard to‘pni ko‘rmadi, chunki u darvozaga ters turgan edi. Og‘riqqa qaramay stadion ishchisi ishini oxiriga yetkazib qo‘ydi va o‘yindan so‘ng zarbaning jiddiyligini bildi.