Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga: “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuviga mezbonlarning mavsumdagi eng ko‘p muxlisi tashrif buyurdi

Superliga: “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuviga mezbonlarning mavsumdagi eng ko‘p muxlisi tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Superliga 8-turining yana ikki uchrashuvi o‘tkazildi. Poytaxtdagi o‘yinda “Paxtakor” “Navbahor”ni qabul qildi. Namangandan yetib kelgan ming nafarga yaqin muxlislarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi natijasidan “Navbahor” o‘yinni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi. Turgan gapki, maydon egalari ham bo‘sh kelishmadi. Har ikkala jamoa tomonidan bir qator xavfli vaziyatlar yaratildi, biroq ulardan bor-yo‘g‘i bittasidan unumli foydalanish mezbonlarga nasib etdi. Jaloliddin Masharipovning chiroyli uzatmasini Tiago Bezerra golga aylantira oldi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, ushbu mavsumda “Paxtakor”ga eng ko‘p muxlis tashrif buyurishi aynan shu turda qayd etildi – 17465.

Jizzaxdagi o‘yin ham shiddatliligi, keskinligi bilan poytaxtdan qolishmadi. Uchrashuvning boshidayoq Murod Xolmuhammedov penaltidan gol urib, jamoadoshlarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuv yakuniga sanoqli daqiqalar qolganda esa Murod Xolmuhammedov to‘psiz xolatda raqibiga nisbatan ataylab qo‘pollik qildi. Bosh hakam yordamchilari bilan maslahatlashgan holda futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatib yubordi. Uning qaroridan norozi bo‘lgan qo‘qonliklar bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov qanot hakamiga nisbatan qo‘pollik qildi, bu ham yetmagandek, bosh hakamga ham “bisotidagi” e’tirozlarini to‘kib-sochdi. Natijada bosh hakam uni ham maydon tashqarisiga “kuzatib qo‘ydi”.

8-tur

"PAXTAKOR" - "NAVBAHOR" - 1:0 (0:0)

25 aprel. Toshkent shahri. "Paxtakor" stadioni. 17465 tomoshabin.

Hakamlar: SH.Qosimov (Toshkent), H.SHodmonov (Buxoro), A.Burov (Buxoro).

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Sherzod A’zamov, Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov (Rostin Griffits, 90+2), Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 82), Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh.

"Navbahor": Akbar To‘rayev, Oston O‘runov (Dilshod Jabborov, 80), Aziz Turg‘unboyev, Zohir Pirimov (Behruz Sa’dilloyev, 81), Azamat Allaniyozov (Sardor Sulaymonov, 64), Mirzohid G‘ofurov, A’zam Aliyev, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich, Darko Stanoyevich.

Gol: T.Bezerra (77).

Ogohlantirishlar: J.Masharipov (73), B.Abdurahimov (87), M.Simich (90) – T.Payovich (73), J.Mehmonov (74), D.Jabborov (81), D.Stanoyevich (86).

Nazoratchi – Sulton Zaylobiddinov (Farg‘ona).

Komissar – Roman Chernikov.

 

“SO‘G‘DIYONA” – “QO‘QON-1912” -1:1 (0:1).

25 aprel. Jizzax shahri. “So‘g‘diyona” stadioni. 7942 tomoshabin.

Hakamlar: V.Seytlin (Toshkent), R.Fozilov (Namangan), M.Nexochin (Namangan).

“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroyev, Azamat Isroilov (Farhod Mirahmatov, 72), Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Jahongir Abdumo‘minov, 41), Doniyor Hasanov (Alisher Ziyovuddinov, 74), Sardorbek Azimov, Shohruz Norxonov, Akmal Xolmurodov, Tohir Shamsiddinov, Izzat Abdullayev, Ruslan Melziddinov.

“Qo‘qon-1912”:  O‘tkir Yusupov, Nosir Otaqo‘ziyev (Bahodir Pardayev, 65),  Javohir Siddiqov, Oybek Rustamov, Quvondiq Ro‘ziyev, Suhrob Berdiyev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Igor Taran ( Muhammadanas Hasanov,  76), Marko Milich, Milan Spremo.

Gollar: S.Azimov (57) – M.Xolmuhammedov (6-pen.).

Ogohlantirishlar: E.Oripov (5), T.SHamsiddinov (45+1), A.Ziyoviddinov (85) – S.Berdiyev (22).

Chetlatish: M.Xolmuhammedov (90+3).

Nazoratchi – Radik  Serazetdinov (Toshkent).

Komissar – Erkin  Baxtiyorov.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 00:56, 26.04.2018.
O'qildi: 5424 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.