Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

O‘zbekistonlik yosh darvozabon va yosh jurnalist “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik yosh darvozabon va yosh jurnalist “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, FIFA va futbol bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy hamkori – “Gazprom” kompaniyasi o‘zaro hamkorlikda “Futbol do‘stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6-mavsumiga start berdi. 2018 yilda mazkur loyiha 211ta mamlakat vakillarini o‘zida jamlaydi.

Loyihaning final tadbirlari shu yilning 8–15 iyun kunlari Moskva shahrida o‘tkaziladi. O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi ikkinchi marta “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida ishtirok etadi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, bu yil ham musobaqalarda yurtimiz sharafini yosh darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, futbolchi 10–12 yoshda bo‘lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo‘lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan kirishimli bo‘lishi kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida tanlov o‘tkazgan edi.

Tanlovda “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublarining jami tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Nomzodlarni saralash ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.

Dastlab darvozabonlarning maydondagi hatti-harakati, jismoniy holati va boshqa ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazildi. Sinovlar Anvar Rashidov, Marat Galimov va Ruslan Ahmedxonov kabi darvozabon murabbiylari mutaxassislari nazorati ostida o‘tdi.

Birinchi bosqichdan “Nasaf” darvozaboni Asilbek No‘monov, “Paxtakor” vakili Daniel Li hamda “Bunyodkor” a’zosi Muslim Abdumannopov muvaffaqiyatli o‘tdi.

“Futbol do‘stlik uchun” xalqaro loyiha bo‘lgani sababli ikkinchi bosqichda nomzodlarning rus va ingliz tili borasidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Yosh darvozabonlar bilan olib borilgan qiziqarli va mazmunli suhbatdan keyin “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi, 2006 yilda tavallud topgan Muslim Abdumannopov xalqaro loyihada O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun tanlab olindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 12 yoshli Mardon Marupov yosh jurnalist sifatida mazkur loyihada O‘zbekistondan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

25 aprel – Butunjahon futbol va do‘stlik kuni munosabati bilan dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida do‘stlik, o‘zaro hurmat va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan bayramona tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

O‘n minglab bolalar va kattalar o‘rtoqlik o‘yinlari, ochiq mashg‘ulotlar, fleshmob va sport bayramlarida ishtirok etishdi. Shu kuni, umuminsoniy qadriyatlar – tenglik, turli madaniyatlarga hurmat va tinchlikni qadrlaydiganlar “Gazprom” kompaniyasining Xalqaro bolalar ijtimoiy dasturi timsoli bo‘lmish ko‘k-yashil rangli do‘stlik bilaguzugini bir biriga taqib qo‘yishdi. Bilaguzukning ko‘k tolasi musaffo osmon, yashil tolasi esa futbol maydoni timsolidir. Butun dunyo bo‘ylab ishtirokchilarni taniqli futbolchilar, murabbiylar, teleboshlovchi va artistlar, shuningdek, davlat tizimida ishlaydigan vakillar qo‘llab-quvvatlashdi.

Qayd etish kerakki, Toshkent shahrida futbol va do‘stlik kuni 15 may kuni O‘zbekiston futbol Assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonida tashkil qilinadi. Ushbu tadbir umumta’lim maktablarining 2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalari va 2007 yilda tavallud topgan qizlarining OFK bolalar-o‘smirlar va ommaviy futbol kuniga bag‘ishlangan festival doirasida o‘tkaziladi.

Mazkur festivalda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining O‘zbekiston nomidan elchisi – “Bunyodkor” futbol maktabi darvozaboni Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etadi.

Bo‘lajak tadbir barcha ishtirokchilarda ko‘plab ijobiy taassurotlar qoldirishi aniq. Yosh qatnashchilar turli o‘yin stansiyalariga ajratilgan maydonda o‘z mahoratini namoyish qiladi. Ular bir nechta guruhga ajratilib, har bir guruh o‘z murabbiyiga ega bo‘ladi. Festival yakunlangach, loyiha ishtirokchisi – yosh elchi Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov festival ishtirokchilariga do‘stlik bilaguzuklarini taqqan holda yangi do‘stlar orttirib oladi.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:36, 27.04.2018.
O'qildi: 1827 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.