Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

"Paxtakor" stadioniga muxlislar tashrifi ortmoqda

"Paxtakor" stadioniga muxlislar tashrifi ortmoqda

Baho:
+ | -

Joriy mavsum "Paxtakor"ning uy o‘yinlariga ishqibozlar tashrifi sezilarli darajada ortmoqda.

O‘tgan mavsum "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvga jami 58903 nafar muxlis kelgandi. Bu bir o‘yinga o‘rtacha 4207 nafardan to‘g‘ri kelgandi. Eng ko‘p tomoshabin "Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvida kuzatilib, unda 11067 nafar ishqiboz o‘yinni stadiondan ko‘rgandi.

Bu mavsumdan uchrashuvlar targ‘iboti va klub rahbariyatining muxlislar bilan faol ishlashga e’tibor qaratayotgani natijasida ishqibozlar tashrifi o‘sganini ko‘rish mumkin. Hozircha uy bellashuvlariga o‘rtacha 14121 nafardan muxlis to‘g‘ri kelmoqda. Bu avvalgi yilga nisbatan tashrif 335 (3,35 baravar) foizga o‘sganini ko‘rsatadi.

2018 yilgi uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar soni bilan tanishing:

15026 "Paxtakor" - "So‘g‘diyona"
12852 "Paxtakor" - AGMK
15023 "Paxtakor" - "Neftchi"
10241 "Paxtakor" - "Qizilqum"
17465 "Paxtakor" - "Navbahor"

"Paxtakor" futbol klubi bundan keyin ham uchrashuvlar oldidan turli ko‘ngilochar dasturlarni tashkil etish, yutuqli o‘yinlar o‘tkazish, ishqibozlarga stadionda o‘zlarini qulay his qilishlari uchun keytering xizmati sifatini yaxshilash va boshqa qulayliklar yaratish ustida ishlashda davom etadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:47, 27.04.2018.
O'qildi: 3104 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик