“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Muhammad El-Nenni jarohati sabab, joriy mavsumni o‘tkazib yuboradi.
Bu haqda, “to‘pchillar” bosh murabbiyi Arsen Venger ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, Muhammad qolgan o‘yinlarga qatnasha olmaydi, lekin JCH-2018da Misr terma jamoasiga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, Misr terma jamosi “A” guruhida Rossiya, Saudiya Arabiston va Urugvay terma jamoasiga qarshi kuch sinashadi.













