Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Xames «Real»da nega inqirozga uchradi?

Xames «Real»da nega inqirozga uchradi?

Baho:
+ | -
Kolumbiyalik pleymeyker «Real Madrid» safida undan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Biroq u «Bavariya»da o‘zini qayta topib oldi.

Xo‘sh, u nega ispan jamoasida o‘ynab keta olmadi? Goal nashri bu haqida mulohaza yuritdi.

«Real Madrid» transfer bozorida yangi yulduzni olib kelmoqchi edi. 2013-14 yilgi mavsum yakunida Chempionlar Ligasini yutib olgandan keyin ham Florentino Peres jamoasiga yana bir yangi yulduz olib kelib, «qaymoqranglilar»ni eng yaxshi jamoaga aylantirish niyatida yurgan edi. Buning uchun u 80 million yevroga Xames Rodrigesni sotib oldi.

Aslida madridliklar o‘z safiga Luis Suaresni olib kelish niyatida edi. Ammo urugvaylik hujumchi «Barselona»ga ko‘chib o‘tgach, ular o‘z e’tiborini Xamesga qaratishdi. U aynan shu yili bo‘lib o‘tgan Mundial kashfiyotlardan biriga aylangan edi.

Neymar 222 million yevroga «Barselona»dan «Pari Sen-Jermen»ga ko‘chib o‘tganidan keyin 80 million yevroning qadri juda pastdek tuyuladi. Ammo bunday mablag‘ 2014 yilda juda ko‘p hisoblanardi. Afsuski Xames o‘ziga to‘langan pullarni umuman oqlamadi.

Dastlab u ijobiy taassurot qoldirdi. «Santyago Bernabeu»da kechgan uch mavsumdan dastlabkisi osonroq kechdi. Shunga qaramay, poytaxt jamoasi mavsumni sovrinsiz yakunladi va bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoa boshqaruvini tark etdi. Klubning azaliy raqibi «Barselona» esa ajoyib o‘yin ko‘rsatib, trebl qayd etdi.

Rafa Benites Anchelottining o‘rniga olib kelindi. Ispaniyalik murabbiy Xamesni zahirada qoldirib Kazemironi asosiy tarkibga qo‘shganida OAV va muxlislar tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. U klub prezidenti va ko‘pchilikning «talab va istaklarini inobatga olib» «El Klasiko»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda Xames va Danilolarni tushirdi. Aksiga olib madridliklar azaliy raqibidan yirik 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Tez orada Benites ham klub prezidentining unga bildirgan ishonchiga qaramay jamoadan ketdi.

Zinedin Zidan esa klubning yosh o‘rinbosarlari jamoasi – «Kastilya»dan asosiy jamoa boshqaruviga o‘tdi. Hamma undan klub ramzlaridan biri – Xamesni asosiy tarkibga qaytarishiga umid qila boshladi. Ammo u ham yarim himoyani Kazemiroga ishonib topshirdi. Mavsum yakunida Xames klub safida atigi 21 o‘yinda maydonga tushdi.

Keyinroq barchasi ma’lum bo‘ldiki, kolumbiyalik futbolchi Zidanning rejalariga umuman kirmaydi. U o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida atigi 35 daqida o‘ynadi. Bu vaqt ichida «Real» ikki marotaba sovrinni o‘ziniki qilib oldi.

Oxirida jamoani u va Davomi quyidagi linkda

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:21, 04.05.2018.
O'qildi: 7978 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик