Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

“Lokomotiv” – “Buxoro”. O‘zaro uchrashuvlar tarixi

“Lokomotiv” – “Buxoro”. O‘zaro uchrashuvlar tarixi

Baho:
+-1 | -

PEPSI O‘zbekiston Superligasi 11-turining qiziqarli tarzda o‘tishi kutilayotgan o‘yinlaridan birida Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ga qarshi bahs olib boradi. 

Mazkur jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiliklari hamisha shiddatli kurashlarga boy tarzda kechib kelgan. Hozirga qadar “Lokomotiv” va “Buxoro” milliy chempionatlarimiz tarixida 24 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 13tasida “Loko” futbolchilari g‘alabaga erishgan. 6ta bahs esa buxoroliklar foydasiga hal bo‘lgan. Yana 5ta uchrashuv durang bilan nihoyasiga yetgan.

“Temiryo‘lchilar” jamoasi vakillari ushbu raqib darvozasini hammasi bo‘lib 44 bora aniq nishonga olishgan. O‘z darvozamizdan esa 29ta gol o‘tkazib yuborganmiz.

“Lokomotiv”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2013 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda o‘z maydonida buxoroliklarni qabul qilgan toshkentliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:14, 10.05.2018.
O'qildi: 2828 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик